11:24 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
65710

Xabarga koʻra, cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat barqarorlashgunga qadar, kamida 14 kun davomida saqlanib qoladi.

TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Koronavirus bilan kasallanishning yangi oʻchoqlari yuzaga kelgani bois, "sariq” toifada boʻlgan Zarafshon shahri "qizil" hududga aylandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axborotida keltirilgan.

"Respublika maxsus komissiyasi joriy yilning 9 va 11 may kunlari Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida koronavirus bilan kasallanishning yangi oʻchoqlari yuzaga kelgani, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi takliflarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq, Navoiy viloyatining boshqa shahar va tumanlari toifasiga oʻzgartirish kiritmagan holda "Sariq" toifada boʻlgan Zarafshon shahri “Qizil” toifadagi hududga oʻtkazish boʻyicha qaror qabul qilindi", - deyiladi xabarda.

Unga koʻra, koronavirus infektsiyasining tarqalishi bilan bogʻliq epidemiologik holatdan kelib chiqib, “qizil” toifadagi hudud uchun muayyan faoliyat turlari yuzasidan belgilangan cheklovlar Zarafshon shahrida vaziyat (kamida 14 kun davomida) barqarorlashgunga qadar saqlanib qoladi.

Asosiy mavzular