02:11 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
76131

Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilingan. Bugun, 11 may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali yana 168 nafar oʻzbekistonlik kelishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 11 may - Sputnik. Dubay, Minsk, Seul va Dehli shahridan 800 nafardan ortiq oʻzbekistonliklar vatanga olib kelindi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan 2020 yil 8-10 may kunlari Dubay, Minsk, Seul va Dehli shaharlaridan 800 nafardan ortiq hamyurtlarimiz charter reyslar orqali vatanimizga olib kelindi", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish uchun charter reyslar tashkil qilinganligi qoʻshimcha qilingan.

Shuningdek, bugun, 11 may kuni Frankfurt shahridan charter reys orqali 168 nafar oʻzbekistonlik kelishi kutilmoqda.

Taʼkidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarini boshqa davlatlardan vatanga qaytarish uchun aviareyslar tashkil etish boʻyicha ish olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston fuqarolari qaytib kelgandan keyin Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qatʼiy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Asosiy mavzular