02:47 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)
38701

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yigʻilish bayoniga asosan, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish choralari belgilangan

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Karantin cheklovlari 2020 yil 10 mayga qadar amal qilishi belgilangan edi. Shunga koʻra ayrim fuqarolarda "11 maydan boshlab karantin tugadi" degan notoʻgʻri tushunchalar paydo boʻlmoqda, deb xabar qiladi Koronavirus Info telegram kanali.

Xabarda aytilishicha, aslida, karantin cheklovlari butunlay bekor qilingani yoʻq. Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yigʻilish bayoniga asosan, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish choralari belgilandi.

Unga koʻra, koronavirus infektsiyasi tarqalishi va bemorlarning davolanish (sogʻayish) dinamikasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tahlili asosida hududlar uchta toifaga ("qizil", "sariq", "yashil") ajratildi va har bir toifa uchun alohida cheklovlar belgilandi. Tahlillar muntazam ravishda amalga oshirib borilib, olingan natijalarga koʻra mazkur uch toifaga kiruvchi hududlarning har birida cheklovlar bekor qilib boriladi yoki kuchaytiriladi.

Hududlar joriy yilning 8 mayidan boshlab viloyatlar hamda 11 maydan boshlab esa tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratilib, ushbu toifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirishga ruxsat beriladigan (berilmaydigan) muayyan faoliyat turlari belgilandi.

Ushbu samarali tizim orqali mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy hayotining maʼlum maromda izga tushishi, karantin cheklovlarining oqilona va maqsadga muvofiq tarzda amal qilishi taʼminlanadi. Shuningdek, virus tarqalishi va epidemiyaning jilovlanishi hududlar kesimida samarali monitoring qilib boriladi.

Respublika hududida karantin davom etayotgani bois fuqarolar belgilangan cheklovlarga qatʼiy amal qilishga chaqirilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (884)

Asosiy mavzular