04:54 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Yangiliklar
Havola olish
518130

Dastur suv sathining maksimal meʼyordan oshmasligini taʼminlaydi va suv omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi. 

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Intellektual mulk agentligida suv omborlari uchun dasturiy taʼminot roʻyxatdan oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi.

"Inshootning mustahkamligiga tahdid soluvchi avariyaviy vaziyatlarni aniqlash boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida suv omborini toʻldirish va boʻshatish uchun dastur ishlab chiqildi", - deyiladi xabarda. 

Dastur suv sathining maksimal meʼyordan oshmasligini taʼminlaydi va suv omborining ish rejimini yuqori aniqlik bilan boshqaradi. 

Dastur mualliflari – Furqat Gʻaffarov, Azamat Ismoilov, Adham Boymurodov va Anvar Hurramovlarga Oʻzbekistonning "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida" gi Qonuniga muvofiq, DGU 07858-sonli guvohnoma berildi.

Asosiy mavzular