03:48 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
386 0 0

"Islom davlati" terrorchilik guruhining Janubiy Osiyo va Uzoq Sharq boʻyicha mintaqaviy boʻlimi rahbari Abu Umar Xurosoniy Qobul tumanlarining birida ikki sherigi bilan qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Afgʻoniston maxsus xizmatlari "Islom davlati" terrorchilik guruhining Janubiy Osiyo va Uzoq Sharq mintaqasi boʻyicha rahbarini hibsga oldi, deb xabar beradi TOLO News telekanali Milliy xavfsizlik boshqarmasi va mamlakat politsiyasining qoʻshma bayonotiga tayanib.

Taʼkidlanishicha, Abu Umar Xurosoniy ikki sherigi bilan birga Qobul tumanlaridan birida qoʻlga olingan - Soxib ismli shaxs boʻlinma "matbuot-kotibi" sifatida ishlagan, Abu Ali esa razvedkasini boshqargan.

Bayonotga koʻra, Xurosoniyni hibsga olish boʻyicha operatsiya oldinroq xavfsizlik kuchlari tomonidan qoʻlga olingan toʻrt nafar ID jangarilarining iqror koʻrsatmalari tufayli amalga oshirilgan.

Aprel oyining boshida Afgʻoniston huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari ID mintaqadagi rahbari Aslam Farukiyning hibsga olingani haqida xabar berishgan.

Asosiy mavzular