13:26 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
92320

Xabarga koʻra, charter reyslarda eng avvalo bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi.

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekistonga qaytish uchun charter reyslarga roʻyxatdan oʻtish tartibi eʼlon qilindi.

Xabarga koʻra, Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolari avvalo charter reyslar uchun roʻyxatdan oʻtishi va oʻz navbatini kutishi kerak. Charter reys tashkil qilinganda elchixona xodimlari navbat boʻyicha har bir fuqaro bilan bogʻlanadi.

Charter reyslarda eng avvalo bemorlar, homilador ayollar, keksalar va yosh bolalilar olib kelinadi.

Fuqarolar charter reyslarga uch xil tartibda roʻyxatdan oʻtishlari mumkin:

1. Charter reyslarga roʻyxatdan oʻtish formasini toʻldirish orqali.

2. Oʻzbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalari tomonidan tashkil qilingan quyidagi Telegram manzillariga maʼlumot yuborish orqali: @UzKoRusCharts1.

3. Oʻzbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalariga qoʻngʻiroq qilib bogʻlanish orqali.

Call-markaz: +7 499 230-00-76; +7 499 238-36-20;

Konsullikning tezkor shtab raqamlari: +79778061677; +79778061274; +79778061655; +79778061273.

Asosiy mavzular