13:34 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
1928 0 0

Dorining yaratilishi antitanachalarni sunʼiy yoʻl bilan qoʻshish orqali immunitetga kasallikka qarshi kurashishda yordam berishga asoslangan

TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Dunyoda koronavirusga qarshi dori kuzga kelib paydo boʻlishi aytilmoqda. Bu haqda "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida virusolog, MFTIning genom injeneriyasi laboratoriyasi rahbari Pavel Volchkov maʼlum qilgan.

Olimning soʻzlariga koʻra, gap Regeneron Pharmaceuticals olimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan preparat haqida bormoqda. Uning yaratilishi antitanachalarni sunʼiy yoʻl orqali qoʻshish orqali immunitetga kasallikka qarshi kurashishda yordam berishga asoslangan.

Aytilishicha, dori vositasi kuzga kelib ishlab chiqarila boshlaydi. Volchkovning soʻzlariga koʻra, ayni vaqtda koronavirusni samarali yoʻq qila oladigan birorta dori vositasi mavjud emas.

Boshqa viruslarga qarshi ishlab chiqarilgan preparatlar SARS-CoV-2ga qarshi samarasiz ekanligi aniqlandi, ular davolash oʻrniga koʻproq "salbiy taʼsir" koʻrsatar edi.

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda jahonda koronavirusga chalinganlar soni 4,3 milliondan oshgan.

Asosiy mavzular