12:17 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
67410

Shuningdek, "yashil" va "sariq" hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy amal qilgan holda xizmat koʻrsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi belgilandi.

TOSHKENT, 13 may - Sputnik. Oʻzbekistonda mahalliy aviaqatnovlar va tezyurar poyezdlar harakati tiklanadi. Bu haqda 13 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan selektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Xususan, Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Fargʻona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati boʻyicha cheklovlarni bekor qilish masalasi oʻrganilmoqda. Transport, Ichki ishlar va Sogʻliqni saqlash vazirliklariga bular boʻyicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish vazifasi qoʻyildi.

Yigʻilishda mamlakatdagi epidemiologik vaziyat hamda hududlar rahbarlarining takliflaridan kelib chiqib, karantin talablarini yanada yumshatish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, "yashil" va "sariq" hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy amal qilgan holda xizmat koʻrsatish turlariga bosqichma-bosqich ruxsat berish mumkinligi belgilandi.

Respublika komissiyasiga pandemiya qayta kuchaygan taqdirda vazirlik va idoralar bajarishi lozim boʻlgan birlamchi vazifalar belgilangan tartibni tasdiqlash topshirigʻi berildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular