04:31 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)
338 0 0

Ayni paytda Oʻzbekistonda 2076 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasidan butunlay sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 79 foizni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 14 may - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 8 nafarga oshdi va 2620tani tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Xabarga koʻra, 8 nafar yangi kasallanish holatining 4 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda boʻlgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi boʻlsa, 1 nafari esa Qozogʻistondan kelgan.

Ayni paytda Oʻzbekistonda 2076 nafar fuqaro koronavirus infektsiyasidan butunlay sogʻayib, davolanish koʻrsatkichi 79 %ni tashkil qilmoqda. Mamlakatda davolanayotgan 533 nafar bemordan 11 nafari ogʻir ahvolda.

Mirziyoyev karantin talablari yumshatilishda davom etishini aytdi >>>

"Shifokorlar tomonidan barcha bemorlarga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda", - deb xabar qiladi vazirlik.

COVID-19 dunyoning 180 dan ortiq davlatga yetib bordi. BSST taqdim etgan soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda yangi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan insonlar soni 4,3 milliondan oshdi, vafot etganlar soni 292 ming kishini tashkil etmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (893)

Asosiy mavzular