Rossiya koronavirusga qarshi emlashning "harbiycha" ssenariysini qo‘llashi mumkin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLaboratoriya "Invitro" nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu
Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akademikning aytishicha, shu yilning kuzida yoki qish arafasida yangi vaksinani emlashning "noan’anaviy" yoki "harbiycha" usuli qo‘llaniladi.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Rossiyada koronavirusga qarshi emlash "harbiycha" usul bilan amalga oshirilishi mumkin, dedi Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sergey Kolesnikov "Parlament gazetasi"ga bergan intervyusida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltiradi.

Gospital COVID-19 v sentre MGU imeni M. V. Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada “Aventa” IVL apparatlaridan foydalanish taqiqlandi

Akademik fikricha, vaksinani emlashning "noan’anaviy" yoki "harbiycha" usuli shu yilning kuzida yoki qish arafasida qo‘llanilishi kutilmoqda. Akademik, favqulodda vaziyatlarda dori vositalarini ro‘yxatga olishning maxsus tamoyili mavjudligini eslatib o‘tdi.

"O‘lim darajasi va aholiga yetkazilgan ziyonni hisobga olgan holda, bizda harbiycha usul qo‘llanilishi ehtimoldan holi emas. Bu holda butun boshli aholi emas, balki faqat "xavf tug‘diruvchi" kontingent, koronavirus infeksiyasi o‘choqlarida ishlaydiganlarning bir qismi, shuningdek, kasallik og‘ir kechishi xatari mavjud bo‘lgan odamlargina emlanadi. Shunday tajriba qo‘llanilishi mumkin, ammo bu vaksinani ilgari surishning noan’anaviy usulidir. Lekin agar aynan shu usul tanlansa, u holda emlash kuzda yoki qish arafasida boshlanishi mumkin", - dedi Kolesnikov.

Aks holda, emlash yil oxiriga borib boshlanadi, deb hisoblaydi akademik.

"Agar an’anaviy yo‘ldan boriladigan bo‘lsa, unda vaksina eng kamida shu yil oxiri - kelgusi yil boshida paydo bo‘lishi mumkin. Raqobatbardosh vaksina tanlanishi kerak. Negaki vaksina bir qancha davlatlarda ishlab chiqilayotgani sababli, raqobatdosh vaksinalar soni yuzga yaqin bo‘ladi. Keyinchalik, uni ishlab chiqarish boshlanadi va bu ham tez amalga oshadigan jarayon emas. Mamlakatimiz uchun yetarli miqdordagi vaksinani ishlab chiqarish uchun katta quvvatlar kerak”, - deydi nashr suhbatdoshi.

Kongress SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh senatiga COVID-19 tufayli Xitoyga qarshi sanksiya to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi

Kolesnikovning hisob-kitobiga ko‘ra, Rossiyada har yili sakkiz-o‘n million doza vaksinaga ehtiyoj bor, ammo "aholida yetarli immunitetga" erishish uchun 70 million doza talab etiladi.

Chorshanba kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko koronavirus vaksinasining klinik sinovlari iyun oyiga rejalashtirilganligini ma’lum qilgan edi. Sog‘liqni saqlash vaziri dori vositalari iyul oyi oxirgi o‘n kunligida paydo bo‘lishiga umid bildirdi, unga ko‘ra, tadqiqotchilar aynan shunday prognozlarni berishmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga binoan jahonda COVID-19 holatlarining umumiy soni 4,1 milliondan oshdi, bemorlarning 285 mingdan ortig‘i vafot etdi. Rossiyada 242 mingga yaqin odan virusga chalingan, 2,2 mingdan ko‘proq odam vafot etgan, 48 mingdan ortig‘i sog‘aygan.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 2620 kishini tashkil qilmoqda, ulardan 2076 nafari sog‘aygan, 11 kishi vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0