13:39 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)
679 0 0

Shifokor va teleboshlovchi Yelena Malыshevaning soʻzlariga koʻra, ogohlantiruvchi birinchi alomat - bu nafas qisilishi.

TOSHKENT, 16 may - Sputnik. Rossiyaning "Pervыy" kanali "Zdorovye" koʻrsatuvida Moskvaning bosh rentgenologi Sergey Morozov COVID-19ning ogʻir shakli alomatlarini sanab oʻtdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Birinchisi - harorat 38,5 darajadan yuqori, ikkinchisi - yoʻtal, uchinchisi - nafas qisilishi. Bu nafas olishning yuqori chastotasi - daqiqasiga 20-30 ta harakat. Bunga qon kislorod bilan toʻyinganligining pasayishi ham qoʻshilishi mumkin", - dedi mutaxassis.

Shifokor va teleboshlovchi Yelena Malыshevaning soʻzlariga koʻra, ogohlantiruvchi birinchi alomat - bu nafas qisilishi.

"Nafas qisilishi - havo yetishmasligi hissi. Bu kasalxonaga yotqizilish kerak boʻlgan eng jiddiy alomat", - dedi u.

Mutaxassislar tsianozga ham eʼtibor qaratdilar - teri va shilliq qavatning koʻkarishi. Ularning soʻzlariga koʻra, COVID-19ning alomatlari lablar va tirnoqlar koʻkarishi ham boʻladi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari soni 272 mingdan oshdi, ikki yarim mingdan ortiq odam vafot etdi, 63 mingga yaqini davolandi.

Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 2691 kishini tashkil qildi, ulardan 2158 nafari davolandi. 11 kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (883)

Asosiy mavzular