"Chigirtkalar hujumi": O‘zbekistonda dala maydonlarini hasharotlar bosib olmoqda

© Foto / press-slujba polpreda PKR v Chuyskoy oblasti Vo Frunzenskom i Voznesenovskom ayilnix aymakax Panfilovskogo rayona na territorii pastbishnix ugodiy obnarujeno massovoe skoplenie saranchi.
Vo Frunzenskom i Voznesenovskom ayilnix aymakax Panfilovskogo rayona na territorii pastbishnix ugodiy obnarujeno massovoe skoplenie saranchi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimoviy ishlovlar o‘tkazilgan

TOShKENT, 16-may - Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga Turkmanistondan yopirilib kirayotgan chigirtkalar haqidagi xabarni rad etib, hasharotlar "chetdan kelmagan, balki tabiatning ajralmas a’zosi sifatida hududning o‘zida paydo bo‘lgan", deya bayonot e’lon qildi.

Oni ne kusayutsya - Sputnik O‘zbekiston
Chigirtkalar to‘dasi Las-Vegasga hujum qildi: oyoq qo‘yishga joy yo‘q – video

"Ma’lumot uchun respublikamizda 150 dan ortiq chigirtka turi tarqalgan bo‘lib, shulardan 10 turi qishloq xo‘jalik ekinlari, yaylovlar va boshqa o‘simliklarga katta zarar yetkazishi mumkin. Chigirtkalarning yashash tarziga qarab 2 guruhga ajratiladi. Bular to‘da hosil qilib yashovchi marokash, osiyo va voxa chigirtkalari hamda to‘da hosil qilmaydigan (mahalliy) chigirtkalardir. Bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 122,2 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 112 ming gektar maydonda kimoviy ishlovlar o‘tkazildi", - deyiladi xabarda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 38,1 ming gektarda, Surxondaryoda 31 ming gektar, Jizzaxda 23 ming gektar, Samarqandda 7,7 ming gektar, Toshkentda 6,1 ming gektar, Navoiyda 5,1 ming gektar, Farg‘onada 754 gektar, Sirdaryoda 177 gektar, Buxoroda 66 gektar va Andijon viloyatida 40 gektar maydonda kimoviy ishlovlar o‘tkazilganligi qo‘shimcha qilingan.

Zararli chigitkalarga qarshi kimoviy ishlovlarni o‘tkazishga zarur texnikalar bilan ta’minlangan. Mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 320,6 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimoviy vositalar va 211 ming gektarni ta’minlaydigan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari zahirasi yaratilgan.

Qoraqalpog‘iston respublikasida va Xorazm viloyatida zararli chigirtkalarga qarshi ishlovlar may oyining ikkinchi o‘n kunligidan boshlanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0