10:35 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
91801

Sogʻliqni saqlash vazirligi koʻchaga zaruratsiz chiqmaslikni, shuningdek, ijtimoiy masofani saqlashni, qoʻllarni tez-tez yuvishni, tibbiy niqob taqishni tavsiya etmoqda.

TOSHKENT, 22 may - Sputnik. Koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan 28 nafar kishining 20 nafari aholi orasidan aniqlandi, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Taʼkidlanishicha, COVID-19 infektsiyasiga chalingan 3 nafar fuqaro Toshkent shahri (12 nafar), Navoiy viloyati (5 nafar) va Samarqand viloyati (3 nafar) da jami 17 nafar oila aʼzolari, yaqinlari va hamkasblariga yuqtirgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻra, karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilishi tufayli baʼzi hududlarda aholi zaruratsiz koʻchalarga chiqib ketgan, karantin qoidalariga amal qilmaslik holatlari koʻzga tashlanmoqda.

"Bu esa infektsiya yuqtirish xavfini yanada kuchaytirmoqda", - deyiladi vazirlik bayonotida.

Sogʻliqni saqlash vazirligi koʻchaga zaruratsiz chiqmaslikni, shuningdek, ijtimoiy masofani saqlashni, qoʻllarni tez-tez yuvishni, tibbiy niqob taqishni tavsiya etmoqda.

Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi 2 967  nafar kishida aniqlangan. 2 407 kishi infektsiyadan butunlay sogʻaygan. Vafot etganlar soni 13 nafarni tashkil etmoqda.

Asosiy mavzular