04:33 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Yangiliklar
Havola olish
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)
94420

Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligi qoʻshimcha qilingan

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Sardobadagi suv toshqini voqeasi boʻyicha ikki kishi qamoqqa olindi, deya bayonot berdi bosh prokuratura axborot xizmati.

"Sirdaryo viloyatidagi “Sardoba” suv ombori bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda jinoyat ishi boʻyicha 2 nafar shaxs gumonlanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, ularga nisbatan "qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qoʻllanildi", - deyiladi xabarda.

Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligi qoʻshimcha qilingan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi oʻpirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Natijada Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta koʻp qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta koʻp qavatli turar joy qisman zararlangan. Hozirda toshqin oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, prezident Mirziyoyev tomonidan Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qoʻyilgan edi.

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Asosiy mavzular