18:55 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
578 0 0

Ayni paytda Oʻzbekistonda 2492 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (81% bemor) butunlay sogʻaygan, 573 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli ogʻir.

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 42 nafarga ortib, 3078 yetdi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon
Press-slujba Prezidenta Respubliki Tadjikistan

Infektsiyaga chalinish holatlarining barchasi chet eldan kelgan fuqarolarda aniqlangan.

Jumladan, 2 nafar Tojikistondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan fuqarolarda koronavirus aniqlangan.

Sankt-Peterburgdan charter reys bilan kelgan 38 nafar va 2 nafar Qozogʻiston orqali Oʻzbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida infektsiya aniqlangani aytilmoqda.

Ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarning 2492 nafari (81%) butunlay sogʻaygan, 573 nafari davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli ogʻir.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgan edi. BSST maʼlumotlariga koʻra, hozirgi paytga qadar dunyoda 4,9 millionta koronavirus infektsiyasiga chalinish holatlari qayd etilgan, infektsiya qurbonlari soni 327 mingdan oshgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular