10:43 04 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Yangiliklar
Havola olish
26210

30 iyulni Xalqlar doʻstligi va birdamligi kuni sifatida belgilash toʻgʻrisida qonun loyihasi xalq muhokamasiga qoʻyildi

TOSHKENT, 23 may - Sputnik. Xalqlar doʻstligi va umumxalq birdamlik kunini belgilash toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Hujjat bilan 30 iyulni Xalqlar doʻstligi va umumxalq birdamlik kuni etib belgilash koʻzda tutilgan. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi taʼkidlab oʻtilgan.

Taʼkidlab oʻtish joizki, prezident Shavkat Mirziyoyev oʻz rasmiy chiqishlarida Oʻzbekiston koʻpmmilatli mamlakat ekanligini, mamlakatda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashab kelishlarini, ular Oʻzbekiston ravnaqi yoʻlida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qoʻshib kelayotganlarini koʻp bora eʼtirof etadi.

Asosiy mavzular