O‘zbekistonda qator ma’lumotlar "maxfiy" grifidan chiqariladi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlari maxfiylikdan chiqariladi.

TOShKENT, 26-may - Sputnik. O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni ijro etish sohasidagi bir qator ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi.

Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
IIV “Jasliq”dagi mahkumlar qayerga yuborilishini ma’lum qildi

Bu haqda 22-aprel kuni "Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Hukumat qarori qabul qilingan.

Hujjatga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasidagi quyidagi ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi:

* IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

* IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

* jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura bo‘yicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

* IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida o‘lim holatlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

* jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qo‘llaniladigan mahkumlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Yangiliklar lentasi
0