06:19 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)
648 0 0

Avtobuslarda harakatlanayotgan yoʻlovchilarning reyslar kesimidagi roʻyxati (bazasi) yuritiladi. Yoʻlovchilar tibbiy niqob, tibbiy qoʻlqopda boʻlishlari lozim

TOSHKENT, 30 may - Sputnik. Oʻzbekistonda 1 iyundan boshlab viloyatlararo avtobuslar qatnoviga ruxsat beriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axborotida aytib oʻtilgan.

""Yashil" hududlarda joylashgan sanatoriy, pansionat, bolalar oromgohlari va boshqa dam olish maskanlariga fuqarolarni markazlashtirilgan tartibda tashish uchun viloyatlararo avtobuslar, shu jumladan turistik tashkilotlar avtobuslari qatnovini yoʻlga qoʻyishga ruxsat berildi", - deyiladi xabarda.

Bunda avtobuslarda haydovchi va yoʻlovchilar tibbiy niqob, tibbiy qoʻlqopda boʻlishi lozimligi, shuningdek, ularning tana harorati pirometrlarda oʻlchanib, 37ºS va undan yuqori boʻlgan holatda ularning avtobus saloniga chiqarilmasligi belgilab qoʻyilgan.

Avtobuslar viloyatlararo qatnovlarda "qizil" hududlarda toʻxtamagan holda harakatlanadi va doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin toʻliq dezinfektsiyadan oʻtkaziladi.

Avtobuslarda harakatlanayotgan yoʻlovchilarning reyslar kesimidagi roʻyxati (bazasi) yuritiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)

Asosiy mavzular