Karantinni mensimadi: Buxoro shahrida faoliyat yuritayotgan kafe fosh qilindi

© PixabayKafe. Viveska
Kafe. Viveska - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kafe egasi tashrif buyuruvchilar bilan birga ovqatlanib, shuningdek, spirtli ichimlik ichib o‘tirganida qo‘lga tushgan

TOShKENT, 30-may - Sputnik. Buxoro shahrida karantin holatida faoliyat yuritgan oshxona aniqlandi, deb xabar qilmoqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.

Proyekt Staroe-Novoe Tashkent, Buxara, Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Kecha va bugun: vaqt Toshkent, Buxoro va Samarqand qiyofasini qanday o‘zgartirdi

Xabarda aytilishicha, 28-may kuni kechasi Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Buxoro shahridagi kafelardan biri ishlayotgani aniqlangan.

"Kafes ish yurituvchisi H.A. karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, kafeda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumanida yashovchi fuqarolar G‘.O., U.A., D.H. va M.M. larning ovqatlanishlari uchun sharoit yaratib, ular bilan birgalikda o‘zi spirtli ichimlik ichib, ovqatlanayotganligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.

Kafe ish yurituvchisi va mijozlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0