12:05 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Yangiliklar
Havola olish
261 0 0

Diniy tashkilotlar binolari muntazam dezinfektsiya qilinishi, kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion "toʻshak"lar bilan jihozlanishi, namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash talab etilmoqda

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. 2020 yil 5 iyundan boshlab “yashil” hududlarda diniy tashkilotlar faoliyatiga ruxsat beriladi. Bu haqda Respublika Maxsus komissiyasi axboroti eʼlon qilindi.

Xususan, ertadan boshlab "sariq" hududlarda:

✔️ mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

✔️ uy mehmonxonalari va soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat koʻrsatish uchun);

✔️ mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat koʻrsatuvchi umumiy ovqatlanish obʼyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga;

"yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qoʻshimcha ravishda:

✔️ individual shugʻullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga.

Bunda trenajer zallari va basseynlar obʼyektlarining doimiy ravishda dezinfektsiya qilinishi, ularning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “toʻshak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37*S va undan yuqori boʻlgan, infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda kiritmaslik choralarini koʻrish, ijtimoiy masofani taʼminlash imkoniyati boʻlmagan jamoaviy sport turlarini oʻtkazmaslik talab etiladi;

madaniyat obʼyektlari (teatrlar) faoliyatiga, individual va jamoaviy repetitsiyalar oʻtkazish sharti bilan (30 kishidan koʻp boʻlmagan), tomoshabinlar va tashrif buyuruvchilarga ruxsat bermagan holda, spektakllarni onlayn rejimida yoki televideniye orqali translyatsiya qilish yoʻli bilan;

✔️ taʼlim markazlari, toʻgaraklar (10 kishidan koʻp boʻlmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga.

Bunda xodimlar va bolalarning sogʻligʻi holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam oʻlchab borish), infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan xodimlar va bolalarni mashgʻulotlardan chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfektsiya talablariga qatʼiy rioya etish talab etiladi;

DINIY TASHKILOTLAR faoliyatiga.

Bunda diniy tashkilotlar binolarining doimiy ravishda dezinfektsiya qilinishi, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “toʻshak”lar bilan jihozlash, xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qoʻlqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi, shu jumladan namoz vaqtida fuqarolarning oraliq masofasini 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda), shuningdek, har bir fuqaroning tana haroratini oʻlchab, 37*S va undan yuqori boʻlgan, infektsiya alomatlari mavjud boʻlgan holatda hamda tibbiy niqobda boʻlmagan hollarda kiritmaslik choralarini koʻrish, jamoaviy diniy marosimlar (juma namozi va boshqalar)ni oʻtkazmaslik talab etiladi.

Asosiy mavzular