Tez kunda Oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish boshlanadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 10 kun muddatda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini joriy etish vazifasi yuklatilgan.

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Tez kunda oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish boshlanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot-xizmati.

Rabota v ofise - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar hujjatlarni DTMning sayti orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori muhokama uchun qo‘yildi.

Qaror bilan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Xususan, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga o‘n kun muddatda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etish vazifasi yuklatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi o‘n kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish imkoniyatini yaratishi lozimligi ham qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0