01:00 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)
264 0 0

Kasallik kuzda avj oladimi yoki ertaroqmi, koʻproq ob-havo sharoitlariga, yozning salqin yoki issiq boʻlishiga va biz odatdagi turmush tarzimizga qanchalik tez qaytishimizga, cheklovlar qanchalik erta olib tashlanishiga bogʻliq boʻladi", - deya tushuntiradi shifokor

TOSHKENT, 4 iyun - Sputnik. Rossiyada koronavirusning ikkinchi toʻlqini kelishi muddati yozning qanday boʻlishiga bogʻliq va shu bilan birga, har qanaqasiga ikkinchi toʻlqinning intensivligi pastroq boʻladi, dedi prezident devoni Markaziy klinik shifoxonasining yuqumli kasalliklar boʻlimi boshligʻi Yekaterina Trifonova.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, virusning yangiligi va immunitetga ega aholining ulushi juda pastligi sababli, ikkinchi toʻlqinning deyarli oldini olib boʻlmaydi.

"Kasallik kuzda avj oladimi yoki ertaroqmi, koʻproq ob-havo sharoitlariga, yozning salqin yoki issiq boʻlishiga, biz odatdagi turmush tarzimizga qanchalik tez qaytishimizga va cheklovlar qanchalik erta olib tashlanishiga bogʻliq boʻladi", – deya tushuntiradi Trifonova.

Shu bilan birga, shifokor baʼzi rossiyaliklar allaqachon COVID-19dan davonib chiqqanligiga asoslanib, ikkinchi toʻlqinning intensivligi pastroq boʻlishini taʼkidladi. Avvalroq, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirus infektsiyasining yangi avji ehtimoli haqida gapirayotib, u mutaxassislar tomonidan hisoblanayotganligini taʼkidladi. Shu bilan birga, Peskov, Rossiya sogʻliqni saqlash tizimi har qanday qiyinchiliklarga javob berishga tayyorligini taʼkidladi, koronavirusga qarshi kurash uchun zamin yaratildi.

COVID-19 pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, 6,2 milliondan ortiq odam kasallikka chalingan, 379 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Rossiyada koronavirus 432 277 odamda aniqlangan, ulardan 195 957 nafari davolandi.

Avvalroq Vladimir Putin, mutaxassislar Rossiyada koronavirus tarqalishi choʻqqisi oʻtib boʻlgan, degan fikrda ekanliklarini aytgan edi. Mamlakat asta-sekin cheklovlarni bekor qilina boshladi, ammo baʼzi regionlarda, shu jumladan Moskvada, oʻz-oʻzini yakkalash rejimi uzaytirildi. Shahar meri Sergey Sobyanin SARS-CoV-2ga qarshi vaktsina paydo boʻlgunga qadar, shaharda baʼzi cheklov choralari davom etishi mumkinligini istisno qilmadi.

Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 3843 kishini tashkil etdi. Ulardan 3014 nafari davolandi, 16 kishi vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (965)

Asosiy mavzular