Moskvadagi G‘alaba paradiga avvalo MDH yetakchilari taklif etiladi - Peskov

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishShturmoviki Su-25 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve
Shturmoviki Su-25 na repetitsii vozdushnoy chasti parada Pobedi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagi G‘alaba paradi 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Rossiya poytaxtiga kelishi bilan tadbir ishtirokchilari va mehmonlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, COVID-19ga test topshirishadi.

TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Moskvadagi G‘alaba paradiga taklifnomalar yuborishda avvalgidek Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari yetakchilariga urg‘u beriladi, deya xabar qildi RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Otkritie pamatnika knyazyu Vladimiru na Boroviskoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Moskva MDH davlatlari yetakchilariga G‘alaba paradiga taklifnomalarni yangilaydi

"Men sizlarga yana bir bor hozirda urg‘u MDH davlatlari yetakchilarini taklif etishga qaratilayotganini eslatib o‘taman", - dedi u.

Peskov jurnalistlar tomonidan berilgan "RF prezidentining BMT Xavfsizlik Kengashi "beshligi"dagi hamkasblariga Moskvada o‘tkaziladigan G‘alaba paradiga taklifnoma yuborilganmi?", degan savolga shu tarzda javob qaytardi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyada bu yil G‘alabaning 75-yilligiga bag‘ishlangan va an’anaviy tarzda 9-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha ommaviy tadbirlar bekor qilindi.

Ammo 26-may kuni RF prezidenti Vladimir Putin tadbirga tayyorgarlikni boshlashga chaqirgan va G‘alaba paradi o‘tkaziladigan sanani 24-iyun etib belgilagan edi.

Avvalroq ta’kidlanganidek, paradning barcha xorijiy ishtirokchilari va parad mehmonlari Moskvaga kelishi bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va koronavirusga test topshirishadi.

Shuningdek, Rossiyaga borishdan avval chet el delegatsiyalari ikki haftalik karantinga amal qilishlari va Moskvaga kelishlari bilan COVID-19 yo‘qligi haqida hujjatlarni taqdim etishlari lozim bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0