"Yashil" hududlardagi masjidlarda namoz o‘qish bo‘yicha talablar belgilandi

© Sputnik / Evgeniy Epanchintsev / Mediabankka o‘tishPredsedatel Sentralizovannoy religioznoy organizatsii Duxovnogo upravleniya musulman Zabaykalskogo kraya, muftiy Almaz Salaxov vo vremya pramoy translyatsii prazdnichnoy molitvi v rejime onlayn v Chitinskoy sobornoy mecheti
Predsedatel Sentralizovannoy religioznoy organizatsii Duxovnogo upravleniya musulman Zabaykalskogo kraya, muftiy Almaz Salaxov vo vremya pramoy translyatsii prazdnichnoy molitvi v rejime onlayn v Chitinskoy sobornoy mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Masjidda qo‘l berib yoki quchoqlashib salomlashish taqiqlangan, rasman ruxsat berilgunga qadar juma namozlari tashkil etilmaydi.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonot e’lon qildi.

molitvenniy zal mecheti Sheyxa Muxammada Sadika Muxammada Yusufa - Sputnik O‘zbekiston
Masjidlar ochilishi sanasiga aniqlik kiritildi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tuman-shahar kesimida “yashil” hudud sifatida toifaga ajratilgan mintaqalardagi masjidlarda 2020-yil 8-iyun, dushanba kuni bomdod namozidan boshlab, kunlik besh vaqt farz namozlari ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda (1,5-2 metr) ado etiladi.

Masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:

masjidning kirish joyini dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash, birlamchi dezinfeksiyalash vositalari bilan ta’minlash;

har bir namozxon tibbiy niqobda bo‘lishi, masjidga kirishda qo‘llarini dezinfeksiyalash vositasidan foydalanishi;

masjidga tashrif buyurgan har bir shaxsning kasallik alomatlarini tekshirish, tana harorati 37ºS va undan yuqori bo‘lgan holatda fuqarolarni alohidalash va 103 telefon raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish;

tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovinlar bilan ta’minlash, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qilish), ijtimoiy masofalanish saqlangan hollarda foydalanish;

Prazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskva masjidlarida Hayit namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi

masjidda qo‘l berib yoki quchoqlashib salomlashish taqiqlanishi;

masjid binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qilish, xonalarni shamollatish;

masjid hududida har qanday ko‘rinishdagi savdo-sotiqni tashkil etmaslik, hadya va sovg‘alar tarqatmaslik;

rasman ruxsat berilgunga qadar juma namozlari tashkil etilmaydi;

masjid xodimlari va ko‘ngilli namozxonlardan yordamchi guruhlar tuzilib, ular tomonidan masjid hududida karantin talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

masjidlar faoliyati joylardagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari talablariga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash kabi tavsiyalar joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0