Makkaga 2020-yilda chet eldan ziyoratchilar qabul qilinmaydi

Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi, bu yilgi Haj mavsumini faqat Saudiya Arabistoni ichida bo‘lib turgan fuqarolardan iborat ziyoratchilar uchun cheklangan miqdorda tashkil etishi haqida qaror qabul qildi

TOShKENT, 23-iyun - Sputnik. Saudiya Arabistoni Makkaga 2020-yilda chet eldan ziyoratchilar qabul qilinmasligi haqida e’lon qildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot-xizmati haqida ma’lum qilindi.

Bu yilgi haj mavsumiga tayyorgarlik epidemiologik vaziyat barqarorlashguncha to‘xtatildi

"Saudiya Arabistoni Haj va Umra ishlari vazirligi, bu yilgi Haj mavsumini faqat Saudiya Arabistoni ichida bo‘lib turgan fuqarolardan iborat ziyoratchilar uchun cheklangan miqdorda tashkil etishi haqida qaror qabul qildi. Xorijiy mamlakatlardan ziyoratchilar qabul qilinmaydi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Haj safariga bormaydigan davlatlar soni oshib borayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bu eng yirik musulmon aholiga ega bo‘lgan Indoneziya, shuningdek, Malayziya, Senegal, Nigeriya va Singapur, Hindiston hamda Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoning ba’zi mamlakatlaridir. Ushbu davlatlar o‘z ziyoratchilarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida "Haj–2020" mavsumini tashkil qilmaslik haqida qaror qabul qildi.

Ta’kidlash lozimki, Saudiya Arabistonida ayni vaqtdagi epidemiologik vaziyat murakkabligicha qolmoqda, shu jumladan koronavirusga chalingan bemorlar sonining ortib borayotgani, har kuni o‘rtacha 3800-4500 nafar kishida koronavirus aniqlanayotgani va 40-45 ta o‘lim holati qayd etilayotgani haj safarini tashkil etish masalasida har bir davlatni chuqur o‘ylantirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0