Moskvadagi Parad vaqtida mehmonlar masofa saqlaydilar

© Sputnik / Alexander Vilf / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie prezidentskogo polka na voyennom parade na Krasnoy ploshadi v Moskve
Voyennoslujashie prezidentskogo polka na voyennom parade na Krasnoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Rossiya poytaxtida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tadi. Tribunalarda mingdan ziyod odamlar yig‘iladi. Paradni turli mamlakatlar prezidentlari tomosha qilishadi.

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Moskvadagi G‘alaba paradi mehmonlari ijtimoiy masofa meyorlarini hisobga olgan holda joylashtiriladi, shu maqsadda markirovkalar chizib chiqildi, deb xabar berdi RIA Novosti RF prezidenti administratsiyasi matbuot kotibi Yelena Krilovaga tayangan holda.

SPUTNIK_22 iyunya - den nachala Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Ogohlantirishsiz hujum qilishgan: 79-yil oldin Ulug‘ Vatan urushi qanday boshlangan

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Qizil maydondagi ikkita tribunaning biri 1 089 kishini, yana biri — 150 kishini sig‘diradi.

"Mehmonlarni joylashtirishda xavfsiz masofalanishni ta’minlash maqsadida razmetkalar chizib chiqilgan. Qizil maydonning bayramona bezaklari o‘rnatilgan, bruschatkada parad razmetkalari chizilgan", - dedi Krilova.

SSSR va Rossiyada G‘alaba paradlari qanday o‘tkazilgan >>>

Sal oldin RF prezidenti Vladimir Putin murakkab epidemiologik vaziyat tufayli G‘alabaning 75-yilligi sharafiga o‘tkaziladigan paradni 24-iyunga qoldirish haqida qaror qabul qilgan edi. Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga yetib keldi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0