07:04 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
32010

Sputnik Oʻzbekiston tantanali tadbirdan toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyani namoyish etadi. Boshlanishi - Moskva vaqti bilan 10.00da

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga asosiy harbiy parad chorshanba kuni Moskvadagi Qizil maydonda boʻlib oʻtadi. Tantanali tadbir mahalliy vaqt bilan 10.00da boshlanadi.

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin oldinroq paradni epidemiologik vaziyat tufayli keyinga qoldirgan edi. May oyining oxirida uni 24 iyunga qoldirish qarori qabul qilindi. Bu ramziy sana. 1945 yilda, xuddi shu kuni natsist Germaniyaning umurtqasini sindirgan jangchilar mamlakatning asosiy maydonidan oʻtishgan edi.

2020 yilning 24 iyunida oʻtkaziladigan paradda 14 mingdan ziyod harbiy xizmatchilar, 200dan ortiq texnika va 75ta uchar apparatlar ishtirok etadi. Parad safi Qurolli kuchlar va boshqa kuch idoralari harbiy xizmatchilari, harbiy bilim yurtlari kursantlari, suvorovchilar, naximovchilar va kadetlar, shuningdek yunarmiyaliklardan tashkil topgan 40ta piyodalar raschyotidan shakllantirilgan.

Shuningdek, paradda 13ta xorijiy davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Moldova, Moʻgʻuliston, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.

Bu yil Gʻalaba paradida Belarus, Oʻzbekiston, Bosniya va Gerttsegovina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Serbiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya rahbarlari, shuningdek, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi Sergey Lebedev, YEIK rahbari Mixail Myasnikovich va ODKB bosh kotibi Stanislav Zas qatnashadilar. Yevropa mamlakatlari vazirlar va elchilar darajasida taqdim etiladi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyani Sputnik Oʻzbekistonda tomosha qiling.

1945 yil 24 iyunda Moskvada Gʻalaba paradi qanday oʻtgan

1945 yil 24 iyunda Moskvadagi Qizil maydonda oʻtkazilgan Gʻalaba paradi - SSSRning Ulugʻ Vatan urushida fashistik Germaniya ustidan qozongan Gʻalabasi sharafiga bagʻishlangan tarixiy parad. Paradni Oliy qoʻmondon oʻrinbosari, 1-Belarus fronti qoʻshinlari qoʻmondoni, Sovet Ittifoqi Marshali Georgiy Jukov olib bordi. Paradga 2-Belarus fronti qoʻshinlari qoʻmondoni, Sovet Ittifoqi Marshali Konstantin Rokossovskiy boshchilik qildi. 

Paradni ot ustida qabul qilish kerak edi va Stalin buni rad etdi.

U endi yosh emas, egarda oʻzini dadil tutolmasdi, shu uchun u Jukovni chaqirib: "Siz yoshsiz, siz kavalerchisiz, shu bois paradni siz qabul qilasiz", deydi.

© Sputnik / Mixail Ozerskiy
Parad 24 iyunya 1945 goda prinimal Marshal Sovetskogo Soyuza G. K. Jukov. Komandoval paradom Marshal Sovetskogo Soyuza K. K. Rokossovskiy.

1945 yilning 24 iyuni tonggi bulutli va yomgʻirli boʻldi. 

Soat sakkizlarga parad ishtirokchilari saf tortdilar. 

Soat toʻqqizga kelib, Kreml devori yonidagi granit tribunalar SSSR Oliy Kengashi va RSFSR deputatlari, xalq komissarlari ishchilari, madaniyat arboblari, SSSR Fanlar akademiyasining yubiley sessiyasi ishtirokchilari, Moskva zavodlari va fabrikalari ishchilari, Rossiya pravoslav cherkovi iyerarxlari, xorijiy diplomatlar va koʻpsonli xorijiy mehmonlar bilan toʻldirildi. 9.45da V.I. Lenin Mavzoleyi tribunasiga Iosif Stalin boshchiligidagi Sovet hukumati rahbarlari va KPSS (b) rahbarlari koʻtarildilar.

© Sputnik / Yakov Xalip
Okonchaniye Velikoy Otechestvennoy voynы 1941 - 1945 gg. Moskvichi na Krasnoy ploщadi v Den Pobedы 9 maya 1945 goda.

Parad qoʻmondoni Konstantin Rokossovskiy qora otda paradni qabul qiluvchi Georgiy Jukov tomon yurish uchun joyni egalladi.

Kreml soati oʻn marotaba bong urganida, Georgiy Jukov oq otda Qizil maydonga chiqdi. Parad qoʻmondonining qabul qiluvchiga raportidan va u oʻz navbatida qoʻshinlarni aylanib chiqqanidan soʻng «Barcha tinglasin!» signali yangradi va  general-mayor Sergey Chernetskiy boshqaruvida tarkibida 1,4 ming kishi boʻlgan birlashgan orkestr Mixail Glinkaning «Rus xalqi, senga shon-sharaflar!» madhiyasini ijro etdi.

Keyin Jukov Mavzoley tribunasidan turib tabrik nutqini soʻzladi.

Shundan soʻng SSSR davlat madhiyasi ijro etildi va bir vaqtning oʻzida zal bilan 50ta artilleriya salyutlari otildi.

Jangovar harakatlar teatrida frontlar joylashuvi va harakatlari tartibida (shimoldan janubga qarab) frontlarning birlashgan polklari qoʻmondonlik qoʻshinlari boshchiligida (1 va 2-chi Belarus frontlari polklari - birinchi oʻrinbosarlari bilan) oʻtkazilar edi: Karelskiy fronti (Sovet Ittifoqi marshali Kirill Meretskov boshchiligida),Leningrad fronti (Sovet Ittifoqi marshali Leonid Govorov boshchiligida), 1-Boltiqboʻyi fronti (armiya generali Ivan Bagramyan boshchiligida), 3-Belarus fronti (Sovet marshali Aleksandr Vasilevskiy boshchiligida), 2-Belarus fronti (general-polkovnik Kuzma Trubnikov boshchiligida), 1 – Belarus fronti (armiya generali Vasiliy Sokolovskiy), 1-Ukraina fronti (Sovet Ittifoqi marshali Ivan Konev boshchiligida), 4-Ukraina fronti (armiya generali Andrey Yeremenko boshchiligida),

2-Ukraina fronti (Sovet Ittifoqi Marshali Rodion Malinovskiy), 3-Ukraina fronti (Sovet Ittifoqi Marshali  Fedor Tolbuxin boshchiligida).

HDF birlashgan polkiga vitse-admiral Vladimir Fadeyev boshchilik qildi.

1-Belarus frontining birlashgan polki tarkibida Polsha qoʻshinlari vakillari (Polsha qoʻshinlari bosh shtabi rahbari, bron generali Vladislav Korchits boshchiligida), 4-Ukraina fronti tarkibida esa – 1-Chexoslovakiya armiya korpusi jangchilari diviziya generali Lyudvik Svoboda boshchiligida maxsus kolonna tarzda oʻtkazildi.

Har bir qoʻshma polk oʻziga xos jangovar marsh ostida deyarli toʻxtovsiz oʻtardi.

Qizil maydonga F.E. Dzerjinskiy nomidagi Xalq Ichki Ishlari Komissariati maxsus maqsadli 1-Motooʻqchilar diviziyasi jangchilari kolonnasi saf tortib kirib keldi, ular german qoʻshinlarining yergacha tushirilgan 200 ta bayroqlarini olib oʻtardilar.

Mavzoley ostonasida ikkita yogʻoch taxtasupa bor edi. Shularga yaqinlashgach, jangchilar oʻngga burildilar va tajovuzkorning qaqshatkich magʻlubiyati ramzi sifatida ushbu bayroqlarni kuch bilan taxtasupalarga qarata uloqtirdilar. Tribunalar gulduros qarsaklar sadosi ostida “portladi”.

Soʻngra yana orkestr sadolari eshitildi va Moskva garnizoni, SSSR xalq mudofaasi komissariati birlashgan polki, harbiy akademiyalar, suvorov harbiy bilim yurtlari harbiylari kolonnalari sekinlashgan marsh bilan oʻta boshladi.

Shundan soʻng maydondan birlashgan otliqlar brigadasi, undan keyin har xil turdagi harbiy texnikalar, mototsiklchilar, avtomobillardagi havo kuchlari desantchilari va boshqalar saf tortib oʻta boshladi.

Qizil maydondagi parad qoʻshma orkestr oʻtishi bilan yakunlandi.

Parad yomgʻir ostida ikki soat (122 daqiqa) davom etdi.

Unda 24 nafar marshal, 249 nafar general, 2536 nafar boshqa ofitserlar, 31 116 serjant va boshqa askarlar ishtirok etdilar.
Xuddi shu kuni kech soat oʻn birda zenitchilar tomonidan koʻtarilgan 100 ta aerostatlardan 20 ming raketalar zalp bilan uchirildi.

Osmonda projektorlar nuri ostida paydo boʻlgan “Gʻalaba” ordeni aks etgan mato bayram kulminatsiyasiga aylandi.

Ertasi kuni, 25-iyunda Katta Kreml saroyida Gʻalaba paradi ishtirokchilari sharafiga ziyofat uyushtirildi.

Moskvada boʻlib oʻtgan tantanali bayramdan soʻng, Sovet hukumati va Oliy qoʻmondonlikning taklifiga binoan 1945 yilning sentyabr oyida Berlinda ittifoqchi kuchlarning kichik paradi oʻtkazildi. Unda sovet, amerika, ingliz va frantsuz qoʻshinlari ishtirok etdilar.

Asosiy mavzular