23:03 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
53201

Bundan oldin, 20 nafar koʻngillilardan iborat ikkinchi guruhi koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinani olganligi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Koronavirus vaktsinasini oʻzida sinayotgan baʼzi koʻngillilar modda kiritilganidan keyingi dastlabki soatlarda isitma va bosh ogʻrigʻini his qilishgan. Bu haqda seshanba kuni RIA Novosti Sechenov universiteti matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Bundan oldin, 20 nafar koʻngillilardan iborat ikkinchi guruhi koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinani olganligi maʼlum boʻldi.

“COVID-19ga qarshi vaktsinaning samaradorligi va xavfsizligini oʻrganishning birinchi bosqichi 18 iyunda Sechenov universitetida, dastlabki 18 koʻngilli vaktsinatsiya qilinganida boshlandi. Dastlabki soatlarda ularning baʼzilarida emlashdan keyin minimal reaktsiyalar kuzatildi - yengil isitma, bosh ogʻrigʻi va shunga oʻhshashlari, va ular 24 soat ichida oʻz-oʻzidan toʻxtab qolgan”, - deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.

Tadqiqotda ishtirok etish ixtiyoriy ekanligi taʼkidlanib, fuqarolar tadqiqot bilan bogʻliq boʻlishi mumkin boʻlgan foyda, xavf va noqulayliklar haqida ogohlantirildi.

“Koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsinaga reaktsiya boshqa inʼyektsiyalarda kuzatiladigan odatiy standart rekatsiya kabidir. Hozirda tadqiqotning barcha ishtirokchilari oʻzlarini yaxshi his qilmoqdalar”, - deya qoʻshimcha qildi Yelena Smolyarchuk, bosh ilmiy tadqiqotchi, Sechenov nomidagi Universitet dori-darmonlarni klinik oʻrganish Markazi rahbari.

Avvalroq Sputnik radiosi Rossiyada COVID-19 vaktsinasini ishlab chiqarishning ehtimoliy muddatlari aniqlangani haqida xabar bergan edi.

Asosiy mavzular