22:11 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
297 0 0

Arizada SkyUp Airlines aviakompaniyasi ushbu yilning 1 iyulidan cheklanmagan muddatga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat soʻrab murojaat etgan.

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Ukrainaning SkyUp Airlines aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirish huquqini soʻradi. Bu haqda mamlakat Davlat aviatsiya maʼmuriyati maʼlum qildi. Ukrainaning arzon narxlarda  parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniya haftasiga ikki marta Kiyev-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilishni rejalashtirmoqda.

Arizada parvoz huquqini 2020 yil 1 iyuldan boshlab cheksiz muddatga berish soʻrovi koʻrsatilgan.

Mamlakatlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarning toʻxtatilishi

Ukraina aviakompaniyasi tomonidan narxlar belgilashda demping (narxlarni qasddan pasaytirish-tahr.) amalga oshirilganligi sababli 2015 yil 5 maydan boshlab Kiyevga parvozlar toʻxtatilgan.

Ukraina tomonidan "Mejdunarodnыe avialinii Ukrainы" aviakompaniyasi ham parvozlarni toʻxtatib qoʻydi. Bu mamlakatlar oʻrtasidagi yagona yoʻlovchi aviareysi boʻlgan.

Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasidagi aviareyslarni tiklashga urinish 2019 yil oktyabr oyida amalga oshirildi, ammo tomonlarning tushunmovchiligi tufayli muvaffaqiyatsiz tugadi.

Shu bilan birga, Ukraina elchixonasi mamlakat ikki mamlakat shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam havo qatnovini tiklashga oid oʻzaro manfaatli shartlarni muhokama qilish uchun oʻzbekistonlik sheriklar bilan rasmiy darajada konstruktiv muloqotga tayyorligini bildirdi.

Asosiy mavzular