05:32 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
406 0 0

“Agar foydalanuvchilar Bluetooth-ni doimiy ravishda yoqilgan holatda olib yurib va uni aniqlanishiga ochiq tursa, u batareyani quvvati biroz tezroq kamayishiga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi mutahassis.

TOSHKENT, 24 iyun - Sputnik. Smartfonda yoqilgan Bluetooth tarmogʻi qurilma quvvatini nafaqat muddatidan oldin pasaytiradi, balki jinoyatchilar tomonidan koʻrinmas hujumga olib kelishi mumkin, dedi RIA Novostiga Avast kompaniyasi raqamli xavfsizlik boʻyicha katta dasturchi-muhandisi Voytex Bochek.

“Agar foydalanuvchilar Bluetooth-ni doimiy ravishda yoqilgan holatda olib yurib va uni aniqlanishiga ochiq tursa, u batareyani quvvati biroz tezroq kamayishiga olib kelishi mumkin”, - deya ogohlantiradi mutahassis.

Bundan tashqari, Bluetooth avtomatik ravishda qisqa muddatga foydalanuvchi tarmoq orqali boshqa qurilmaga ulanishi uchun oʻzini aniqlatish rejimiga oʻtadi. Ushbu funktsiya foydalanuvchining qulayligi uchun ishlaydi, lekin shu bilan birga smartfonga ruxsatsiz ulanish xavfini oshiradi.

“Agar Bluetooth-dagi aniqlash rejimi oʻchirilsa yoki Bluetooth butunlay oʻchirib qoʻyilsa, u boshqa qurilmalarga maʼlumot yuborish yoki telefon bilan aloqa oʻrnatishiga imkon boʻlmaydi. Ammo Bluetooth yoqilgan boʻlsa ham, biron bir narsa telefonga qabul qilishdan yoki boshqa smartfonlar bilan ulanishni boshlashdan oldin, foydalanuvchilar ushbu harakatni teng ravishda tasdiqlashlari kerak. Bunday chiqib turadigan oynalar odamni chalgʻitishi yoki noqulaylik tugʻdirishi mumkin, shuning uchun ushbu funktsiyani toʻliq oʻchirib qoʻyish tavsiya etiladi”, - dedi Bochek.

Kiber hujumni amalga oshirish uchun jinoyatchilarga avvaliga Bluetooth adapterining MAC-manzili kerak boʻladi. “Agar telefonning oʻzini aniqlash funktsiyasi aktiv holatda boʻlsa buni aniqlash osonroq boʻladi. Shuning uchun smartfoningizdagi Bluetooth-ni oʻchirib qoʻyish yoki undan foydalanmayotganingizda uni boshqa qurilmalar uchun yopiq qilib qoʻyish maʼqulroq boʻladi”, - deya taʼkidladi mutaxassis.

Uning soʻzlariga koʻra, texnologiya bir qator zaifliklarga ega, ammo tashvishga sabab yoʻq: Bluetooth-ning imkoniyatlari va versiyalari doimiy ravishda yangilanib turmoqda.

Asosiy mavzular