Koronavirus: 2020-yilda qabul kampaniyasi qanchalik o‘zgardi?

© FacebookV Andijane abituriyentka sdavala ekzamen pramo na bolnichnoy koyke
V Andijane abituriyentka sdavala ekzamen pramo na bolnichnoy koyke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Test sinovlari avgust oyining boshida o‘tkazilishi belgilangan, shu bois, O‘zbekistonda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 1-avgust sanasidan 3 hafta oldin mamlakatga kelishlari va ikki haftalik karantinni o‘tkazishlari talab etiladi.

TOShKENT, 25-iyun - Sputnik. Pandemiya hayotimizning barcha jabhalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi va O‘zbekistonda 2020/2021 qabul kampaniyasi ham bundan mustasno emas.

Rabota za kompyuterom. - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Koronavirus nimalarni o‘zgartirdi va 2020-yilda oliy ta’lim maskaniga kirish shartlari qanday, degan savolga bugun AOKA anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan brifingda Oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov javob berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Begimqulovning aytishicha, 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlarni ro‘yxatga o‘tkazish joriy yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda - Davlat xizmatlari markazlari orqali, barcha hududlarda - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
Bu yil imtiyozli abituriyentlar soni va toifasi ko‘paydi

Test topshirishga kelgan abituriyent temperaturasi 37 gradusdan yuqori bo‘lgan taqdirda, u tekshiruvdan o‘tish uchun qaytariladi va unda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan taqdirda, test sinovlarining oxirgi kunidan to‘rt kun o‘tib bunday talabalar imtihon qilinishi belgilangan.

Hozircha test sinovlarini avgust oyining birinchi sanasidan boshlab o‘tkazish belgilangan, shu bois, O‘zbekistonda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar 1-avgust sanasidan 3 hafta oldin mamlakatga kelishlari va ikki haftalik karantinni o‘tkazishlari talab etiladi.

Ikki hafta davomida koronavirus yo‘qligi tasdiqlansa, ular imtihonga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikki fandan o‘tkaziladi, abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha takalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berilgan.

Yangiliklar lentasi
0