COVID-19ga qarshi "Areplivir" preparati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullandi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
May oyi o‘rtalarida Sputnik radiosi Sog‘liqni saqlash vazirligi "Areplivir" qanday ishlashi haqida ma’lumot berganini xabar qildi.

TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. "Promomed" kompaniyasining faripiravirga asoslangan koronavirus infeksiyasini davolash uchun "Areplivir" dori vositasi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullandi. Bu haqda RIA Novosti Dori-darmon vositalarining davlat reyestridan olingan ma’lumotlarga asoslanib xabar bermoqda.

Marufjon Madaminov — zaveduyushiy laboratoriyey chumi Respublikanskogo sentra profilaktiki chumi, karantinnix i osobo opasnix infeksiy Minzdrava RUz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish soni ko‘payishi sababi nimada – virusolog

"Dori vositasining savdo nomi – "Areplivir". Xalqaro patentlanmagan yoki tasniflovchi yoki kimoviy nomi – "Favipiravir", deyiladi reyestrda.

Preparat tabletkalar shaklida ishlab chiqariladi. Undan faqat shifoxonada davolanish doirasida foydalanish mumkin bo‘ladi.

"Areplivir" Rossiyada ro‘yxatga olingan favipiravir asosida koronavirusga qarshi ikkinchi dori bo‘ldi.

Birinchisi, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) va "XimRar" tomonidan ishlab chiqarilgan "Avifavir" bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi uni yangi turdagi infeksiyani oldini olish, tashxislash va davolash bo‘yicha ko‘rsatmalar ro‘yxatiga kiritdi.

May oyi o‘rtalarida Sputnik radiosi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Areplivir” qanday ishlashi haqida ma’lumot berganini xabar qildi.

Yangiliklar lentasi
0