15:49 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
32401

Qozogʻistonning transportdagi bosh sanvrachi qaysi davlatlar bilan aviatashuvlar qayta tiklanishi haqida gapirdi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bor

TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Qozogʻiston muntazam xalqaro reyslarni tiklaydigan birinchi va ikkinchi toifadagi mamlakatlar roʻyxati kengaytirildi. Bu haqda transportdagi bosh sanitar vrach Sadvakas Baygabulov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozogʻiston.

"Birinchi toifadagi mamlakatlar toifasiga qoʻshimcha ravishda Vengriya, Hindiston, Germaniya, Chexiya va Malayziya kiritildi. Birinchi toifadagi mamlakatlardan kelayotgan yoʻlovchilar uchun cheklovlar yoʻq", - dedi Baygabulov.

Ikkinchi kategoriya mamlakatlarga Misr, Ukraina, Polsha, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston kiritilgan.

"Ikkinchi toifaga kiritilgan mamlakatlardan keladigan yoʻlovchilar uchun: COVID-19 yoʻqligi haqida maʼlumotnoma boʻlganida - cheklovlar boʻlmaydi. Agar maʼlumotnoma boʻlmasa, mutaxassislar tomonidan 48 soat ichida PTSR-analiz topshirishi lozimligi haqida bildirish qogʻozi taqdim etiladi yoki aeroportga kelishi bilan 14 kunlik uy karantiniga olinishi talab etiladi", - deya aniqlik kiritdi transportdagi sanvrach.

Birinchi va ikkinchi kategoriyaga kirmagan davlatlar uchinchi kategoriyaga kiritiladi.

"Bunda muntazam aviareyslar taʼqiqlangan", - deb qayd etdi Baygabulov.

Asosiy mavzular