20:09 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1158)
35401

Agar tezlik bilan davom etayotgan tarqalishni toʻxtatmasa, infektsiya avj olishi Yevropadagi sogʻliqni saqlash tizimini yana inqiroz yoqasiga olib kelib qoʻyadi, deya qayd etadi BSST

TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Koronavirus infektsiyasi shiddat ila tarqalayotgan 11ta mamlakat roʻyxati shakllantirildi. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ham bor. Bu haqda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyugening dokladida aytilgan.

"Mamlakatlar choralarga tuzatishlar kiritayotgan bir necha hafta davomida men infektsiya qayta avj olishi xavfi haqida gapirgan edim. Yevropaning ayrim mamlakatlarida bu xatar real tus oldi - 30ta davlat va hududlarda oxirgi ikki hafta davomida yangi holatlar soni ortdi. Shu davlatlarning 11tasida kasallikning shiddat ila yuqishi tarqalishni kengaytirdi. Agar buni toʻxtatmasa, bu avj olish yana Yevropa sogʻliqni saqlash tizimini inqiroz yoqasiga olib kelib qoʻyadi", - dedi Klyuge.

Klyuge tomonidan koʻrsatilgan 11ta davlat roʻyxatiga Armaniston, Shvetsiya, Moldova, Shimoliy Makedoniya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Albaniya, Bosniya va Gertsegovina, Qirgʻiziston, Ukraina va Kosovo kiritildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1158)

Asosiy mavzular