09:24 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Yangiliklar
Havola olish
283 0 0

Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har oʻn birinchisini oʻgʻrilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etgan.

TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Toshkent shahrida qotillik va ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining deyarli yarmi yoshlar tomonidan sodir etilgan. Toshkent shahri kriminogen jihatdan respublikada 1-oʻrinni olgan. Bu haqda bugun, juma kuni Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining majlisida aytib oʻtildi.

Majlisda taʼkidlanishicha, Toshkent shahrida 2019 yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida poytaxt hududida sodir etilgan umumiy jinoyatlar 430 taga yoki 6 foizga kamaygani qayd etilgan. Poytaxtdagi 514 ta MFYdan 76 tasida yoki 14,8 foiz jinoyatlar sodir etilmagan va 369 tasida yoki 72,1 foiz kamayishiga erishilgan boʻlib, 40 tasida oshgan.

Qotillik va ogʻir tan jarohati yetkazish jinoyatlarining deyarli yarmi yoshlar tomonidan sodir etilgan boʻlib, respublikada eng yomon salbiy koʻrsatkichni qayd etgan. Shuningdek, Toshkent shahrida jinoyat sodir etgan shaxslarning deyarli har uchinchisi yoshlar hamda har toʻrtinchisi ishsizlarni tashkil etadi.

Jami 79 nafar voyaga yetmagan shaxs tomonidan 1 tadan qotillik, nomusga tegish, tovlamachilik, transport vositasini olib qochish va oʻlim bilan bogʻliq yoʻl transport hodisalari, 5 tadan ogʻir tan jarohati yetkazish va bosqinchilik, 3 ta firibgarlik, 8 ta talonchilik, 36 ta oʻgʻrilik jinoyatlari sodir etilgan.

Uzbekskiye militsionerы
© Flickr / Digital Aesthetica

Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har oʻn birinchisini oʻgʻrilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etgan.

Oʻz navbatida, 2020 yilning 5 oyi mobaynida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar ham oʻrganilib, kriminogen vaziyatga baho berildi.

Jumladan, shaharda 896 ta ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat qayd etilgan boʻlib, respublikada salbiy 1-oʻrinni egallagan. Bundan tashqari, mahalla hududida 1 245 ta sodir etilgan jinoyatlarning jami jinoyatga nisbatan salmogʻi 43 %ni tashkil etib, shu turdagi jinoyatlar ham respublikada salbiy 1-oʻrinni qayd etgan.

Jami qotillik jinoyatlarining 9 tasi yoshlar, 4 tasi xotin-qizlar, 3 tasi ilgari sudlanganlar, 8 tasi mast holda hamda 14 tasi oʻtkir tigʻli jismdan foydalanib sodir etilgan.

Poytaxtda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning har yettinchisi oʻgʻrilik, har beshinchisi esa firibgarlik kabi jinoyatlarni tashkil etgan.

Asosiy mavzular