06:43 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Yangiliklar
Havola olish
728 0 0

Ayni damda sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror boʻlgan hamda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlar bilan “yashil”, “sariq” va “qizil reyslar”ga ajratilgan holda muntazam parvozlarni qayta tiklash ustida ish olib borilmoqda.

TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Transport vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib  aviachiptalarni sotib olmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston transport vazirligi axborot xizmati Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.

Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida ayrim xorijiy aviakompaniyalar joriy yilning 1 iyul sanasidan eʼtiboran Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni qayta tiklashi va shu munosabat bilan avia chiptalar sotuvi boshlangani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Transport vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi hamda Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 14 iyundagi qoʻshma yigʻilishi bayoniga muvofiq, respublika hududida kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlanib qolishi belgilangan.

Bunda kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati davrida Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan koronavirus infektsiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan barcha cheklovchi choralar saqlanib qoladi.

Shu munosabat bilan Transport vazirligi tomonidan xorijiy davlatlar aviatsiya maʼmuriyatlariga Oʻzbekistonga aviakompaniyalarning muntazam parvozlarni amalga oshirishga hali ruxsat berilmaganligi toʻgʻrisidagi notalar yuborilgan.

Ayni damda sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror boʻlgan hamda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlar bilan "yashil", "sariq" va "qizil reyslar"ga ajratilgan holda muntazam parvozlarni qayta tiklash ustida ish olib borilmoqda.

"Shu oʻrinda, yoʻlovchilarga eslatib oʻtamiz, turli aviakompaniyalarning Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni boshlashi toʻgʻrisida taraqalayotgan rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib aviachiptalarni sotib olmang. Muntazam reyslar tiklangunga qadar faqat Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq charter reyslarigina amalga oshiriladi", - deya ogohlantiradi vazirlik.

Qoʻshimcha qilinishicha, Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarning aynan qachondan boshlab tiklanishi yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi.

 

Asosiy mavzular