06:41 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Yangiliklar
Havola olish
1236 0 0

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan roʻyxatda faqat Qirgʻiziston yoʻq. Shuningdek, AQSH, Rossiya va Braziliya ham.

TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Yevropa Ittifoqi 1 iyul sanasidan ittifoq aʼzolari boʻlmagan ayrim davlatlar uchun oʻz chegaralarini ochishni rejalashtirmoqda. Mamlakatlar roʻyxati Yevropa komissiyasi tavsiyalari asosida tuzilgan, deb xabar qiladi Euronews.

Markaziy Osiyo mamlakatlaridan ushbu roʻyxatda Qirgʻiziston yoʻq. Roʻyxatga shuningdek, AQSH, Rossiya va Braziliya ham kiritilmagan.

Oʻzbekistondan tashqari, roʻyxatga Monako, Chernogoriya, Vatikan, Andorra, Serbiya, Bosniya va Gertsegovina, Ukraina, Albaniya, Turkiya, Kosovo, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Vyetnam, Xitoy, Tailand, Myanma, Moʻgʻuliston, Yaponiya, Butan, Livan, Hindiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Palau, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Dominika, Bagama orollari, Sent-Lyusiya, Urugvay, Yamayka, Kuba, Gayana, Paragvay, Venesuela, Nikaragua, Kosta-Rika, Gruziya, Zambiya, Kanada, Angola Mavrikiy, Ruanda, Efiopiya, Marokash, Jazoir va Misr kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Rossiyada xalqaro aviatashuvlarni qayta yoʻlga qoʻyish boʻyicha reja taklif qilingan va bunda ishni MDH davlatlaridan boshlash taklif etilgandi. Oʻzbekiston Transport vazirligi iyul-avgust oylarida Rossiya bilan avia-parvozlar qayta tiklanishi rejalashtirilayotganini maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular