06:12 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Yangiliklar
Havola olish
1163 0 0

Maʼlum boʻlishicha, hindistonlik ayolning ona tomonidan ikki qarindoshi xuddi shunday holatdan aziyat chekkan. Hozirda ayol kimyoviy terapiyadan oʻtmoqda, holati stabil.

TOSHKENT, 27 iyun - Sputnik. Hindistonlik 30 yoshli ayol homilador boʻlolmayotgani tufayli erkak, deb tan olindi. Bundan tashqari, unda tuxumdon saratoni aniqlangan. Bu haqda Sputnik radiosi xabar bermoqda.

Xabarga koʻra, Kalkuttalik ayol biologik xususiyatlarga koʻra, nozik jins vakili hisoblangan, ammo 9 yil davomida homilador boʻla olmagan. Bundan tashqari, uning mudom qorni ogʻrigan.

Oʻshanda ayol shifokorlarga yordam soʻrab murojaat qilgan va tuxumdonlari rivojlanmay qolganidan xabar topgan.

Tekshiruv davomida ayol - XY - erkak jinsiy xromosomalariga egaligi aniqlanadi. Shuningdek, unga "tuxumdon raki" tashxisi qoʻyiladi.

"Uning ovozi, rivojlangan koʻkraklari, tashqi jinsiy aʼzolari - bularning barchasi u ayol ekanligiga ishora qilardi", - deya tushuntiradi onkolog Anupam Dutta.

Medik bu juda noyob holat ekanligini qoʻshimcha qildi.

Maʼlum boʻlishicha, hindistonlik ayolning ona tomonidan ikki qarindoshi xuddi shunday holatdan aziyat chekkan. Hozirda ayol kimyoviy terapiyadan oʻtmoqda, holati stabil.

Asosiy mavzular