23:07 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Yangiliklar
Havola olish
90700

Taʼkidlanishicha, ota-ona tibbiyot imkoniyatlariga shubha bilan qaragan. Oilaning kattalari hatto eskicha urf-odatlar va folbinning bashoratlariga ishonib, bolaning dunyoga kelishini kutgan.

TOSHKENT, 1 iyul - Sputnik. Samarqand viloyatida dunyoga kelgan ikki boshli chaqaloqdan oilasi voz kechdi, deb xabar berdi "Sevimli" telekanali.

Samarqand viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi davolash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Dilshod Rahmonovning maʼlum qilishicha, ona homiladorligining 16 va 21 haftaligida skrining tekshiruvidan oʻtkazilgan. Oʻshanda bolada tugʻma nuqsonlar borligi haqida aytilgan.

Egizaklarning bobosi bilan oʻtkazilgan telefon suhbatida u chaqaloqlarni oilasiga qabul qila olmasligini aytgan.

"Qayerga olib ketamiz uni? Hozir davleniyem chiqib, oʻlishim kerak. Uning qancha yashashini ham bilmaymiz. Bir martaga adashdim, kelinni qiynab bolani oldirib tashlamadim. Yaxshi bola tugʻiladi deb oʻyladim", — deydi bolaning bobosi.

Shifokorlarning aytishicha, chaqaloqning ahvoli ogʻir. Ona hozirda jonlantirish boʻlimidan chiqqan.

Maʼlumotlarga koʻra, homilador ayol skriningdan oʻtkazilganida shifokorlar homilaning nogironligini aytishgan. Uni dunyoga keltirish ham ona, ham chaqaloq hayoti uchun xavf tugʻdirishi haqida ogohlantirilgan. Ayol va uning qaynonasi homilani toʻxtatishga rozi boʻlgan va bu borada tilxat yozib ham bergan. Biroq ular bu ishni amalga oshirmagan.

Tuman tibbiyot birlashmasi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha boshligʻi oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, onaning oʻzi homilani toʻxtatishga rozi boʻlgan. "Qaynotasi tomonidan ruxsat boʻlmagani sabab homila 7 oylikkacha yetib keldi. Shunda ham toʻxtatilsin deyilganida ular koʻnmagan", — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, ota-ona tibbiyot imkoniyatlariga shubha bilan qaragan. Oilaning kattalari hatto eskicha urf-odatlar va folbinning bashoratlariga ishonib, bolaning dunyoga kelishini kutgan.

Asosiy mavzular