Koronavirusdan soyabon. Mahalliy dori preparati ikkinchi to‘lqindan himoyalaydi

© AP Photo / Dita AlangkaraJenshini opriskivayetsya dezinfitsiruyushim sredstvom vnutri kameri v Djakarte
Jenshini opriskivayetsya dezinfitsiruyushim sredstvom vnutri kameri v Djakarte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dori vositalarini yaratishga odatda yillar talab etiladi. Shu sababli, ba’zi olimlar shoshilinch tarzda koronavirusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishni boshlagan bo‘lsalar, boshqalari mavjud dorilarni sinab ko‘rishga qaror qilishdi.

TOShKENT, 1-iyul - Sputnik, Vladislav Strekopitov. Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi favipiravir asosida yana bir Rossiya preparatini - Saranskdagi "Bioximik" zavodining “Areplivir” dorisini ma’qulladi. Birinchisi – “Avifavir” - may oyining oxirida tasdiqlangan. Ammo klinik sinovlar faqat aprel oyida boshlandi. RIA Novosti farmatsevtika kompaniyalari bunday qisqa  muddatlarda qanday uddalay olganliklarini aniqladi.

Kupuri amerikanskix dollarov - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga 5 mln $ ajratadi

Koronavirusni davolashda yangi davr

COVID-19ga qarshi dorilar yaratilishini faqatgina insoniyatni bakterial infeksiyalardan saqlab qolgan antibiotiklarni kashf qilish bilan taqqoslash mumkin. Va Rossiya birinchilardan bo‘lib yangi xavfli kasallikka qarshi dori ishlab chiqdi. Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, uning samaradorligi 90 foizni tashkil etadi, ya’ni o‘z vaqtida davolangan o‘n kishidan to‘qqiztasi o‘lmasligi kafolatlangan.

Darmon izlab

Dori vositalarini yaratishga odatda yillar talab etiladi. Shu sababli, ba’zi olimlar shoshilinch tarzda koronavirusga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishni boshlagan bo‘lsalar, boshqalari mavjud dorilarni sinab ko‘rishga qaror qilishdi.

Xususan, antivirus, immunomodulyator va respirator vositalar sinovdan o‘tkazildi. Ebola virusiga qarshi ishlatilgan va SARS va MERS bilan kurashda samarali bo‘lgan Amerikaning “Remdesivir”iga, shuningdek, Yaponiyaning grippga qarshi “Favipiravir” dorisiga alohida umidlar bildirilgan.

Meditsinskiy rabotnik podklyuchayet patsiyenta k apparatu IVL v statsionare dlya bolnix s koronavirusnoy infeksiyey na baze Tverskoy oblastnoy klinicheskoy bolnisi. - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus bemorlari uch toifaga ajratildi: kimlar qayerda davolanadi

Ikkala dori ham RNK-viruslari guruhiga kiruvchi SARS-CoV-2ga qarshi keng ta’sir doirasiga ega. Ular RNKga qaram bo‘lgan RNK-polimerazani, hujayradagi patogenni ko‘paytirish uchun zarur bo‘lgan fermentni bostiradi. Boshqa dorilar esa faqatgina virusni hujayralarga kirishiga to‘sqinlik qiladi.

“Remdesivir” AQSh va Germaniyada klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va 1-may kuni AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dorilar boshqarmasi (FDA) sinov tugaganidan ikki kun o‘tgach, soddalashtirilgan tartibda COVID-19 ni davolash uchun “Remdesivir”dan “favqulodda foydalanishga” ruxsat taqdim etdi.

Rossiyalik olimlar va farmatsevtika kompaniyalarining vakillari yapon dorisini asos qilib olib, tez fursatda klinik tadqiqotlarni o‘tkazdilar va “Favipiravir” asosida dori vositasini chiqarishni boshladilar.

Testirovanie na antitela k koronavirusu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani jahon bozoriga yetkazib berishga tayyor

“Favipiravir”dan “Areplivir”gacha

Fujifilm Holdings tarkibiga kiruvchi Toyama Chemical kompaniyasifavipiravirni  2002 yilda grippga qarshi vosita sifatida ishlab chiqdi. Ammo, hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, homiladorlik paytida uni qo‘llash mumkin emas, chunki homilaning DNK-siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va xomilaning shikastlanishi xavfi mavjud, shuning uchun uni ma’qullash bilan qiyinchiliklar paydo bo‘ldi.

2014 yilda favipiravir “Avigan” savdo nomi ostida ro‘yxatga olindi.Undan faqat grippning boshqa virusga qarshi vositalarga chidamli yangi shtammlariga nisbatan, ya’ni oxirgi chora sifatida foydalanishga ruxsat berildi. Olti yil davomida bunday vaziyat hech ham ro‘y bermadi va agar koronavirus bo‘lmaganida dori haqida unutishlari mumkin edi.

Sotrudnik v laboratorii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya SSV koronavirusga qarshi vaksina sinovi tafsilotlarini ochiqladi

2020 yil fevral oyida, Favipiravir Zhejiang Hisun Pharmaceutical kompaniyasi tomonidan grippga qarshi dori sifatida Favilavir nomi bilan chiqaradigan Xitoyda, dorini COVID-19dan davolashda qo‘llay boshlashdi. Mart oyida xitoyliklar misolini Yaponiya va Italiyada ham qo‘llay boshlashdi.

Aprel-may oylarida Rossiyada ushbu dori vositasining har hil variantini uchta farmatsevtik kompaniya sinovlarini boshlab yubordi – “XimRar”, “Promomed” va “R-Farm” guruhiga kiruvchi “Texnologiya lekarstv”. Birinchi bo‘lib Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’qullashini Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) ko‘magida “XimRar” kompaniyasida yaratilgan “Avifavir” qo‘lga kiritdi. Mana endi - Saranskdagi “Bioximik” zavodida “Promomed” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Areplivir”.

“Yangi koronavirus infeksiyasining murakkabligi shundaki, etiologik jihatdan ishlaydigan dori mavjud emas, ya’ni uning kelib chiqish sababini yo‘q qiladigani. deydi Potr Beliy, “Promomed” MChJ direktorlar kengashi raisi RIA Novosti-ga. - Biz Yaponiyada boshqa kasallikni davolash uchun yaratilgan molekulani oldik va keng miqyosli klinik sinovlarni birinchilardan bo‘lib o‘tkazdik. Bu borada Rossiya ko‘plab mamlakatlardan oldinda qolmoqda”.

Otkritie texnologicheskogo sentra Novamedika - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi birinchi koronavirusga qarshi dori ma’qullandi

“Bioximik” AJ - eng yirik dori vositalari ishlab chiqaruvchilaridan biri. To‘liq sikl zavodi barcha turdagi dori-darmonlarni ishlab chiqaradi.

“Bizda juda katta biotexnologik platforma mavjud - biz bilan ishlaydigan xodimlar, asboblar, texnologiyalar, olimlar va klinikachilar. Bu bizga deyarli tez harakat qilishimizga imkon berdi, - deydi Beliy. - Biz biologlarni jalb qildik. Odamlar dam olish kunisiz ishladilar. Meyorlar, kurslar, moddaning qanchalik toza bo‘lishi kerakligini qaytadan hisoblab chiqishga to‘g‘ri keldi. Natijada, barcha texnologik yechimlarni o‘zimiz ishlab chiqdik”.

Isbotlangan samaradorlik

O‘rta og‘irlikdagi koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 210 bemor ishtirok etgan klinik sinovlar Moskva, Sankt-Peterburg, Saransk, Smolensk va Razan shaharlaridagi tibbiy muassasalarda o‘tkazildi.

Ushbu virusga qarshi preparatni qabul qilgan bemorlarning 70 foizida jiddiy burilish kasallikning birinchi kunidayoq yuz bergan, to‘rt kundan keyin esa virus tanadan g‘oyib bo‘lgan. O‘ninchi kunda bemorlarning yuz foizida PSR tahlili salbiy chiqdi. Standart davolanish qo‘llangan nazorat guruhida ushbu davrda 70 foiz bemor davo topdi.

Laboratoriya Invitro nachala testirovanie na koronavirusnuyu infeksiyu  - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya koronavirusga qarshi emlashning "harbiycha" ssenariysini qo‘llashi mumkin

“Areplivir” juda yaxshi natijalar berdi, - deydi Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, tadqiqotlar olib borilayotgan markazlardan biri bo‘lmish N.P. Ogarev nomidagi Mordoviya davlat universiteti Tibbiyot instituti direktori Larisa Balikova. - Uchinchi kunning o‘zida odamlarda haroratni pasaydi, umumiy intoksikatsiya alomatlari tezda regressiya bo‘ldi va ahvoli yaxshilandi. O‘ninchi kunga o‘pka zararlini hajmi 25-35 foizga kamaydi”.

Shu bilanbirga, hech qanday nojo‘ya ta’sir kuzatilmadi – faqat preparatni homilador ayollar qabul qilmasa bas.

Terapiya qanchalik tez boshlansa, samaradorlik shunchalik yuqori bo‘ladi va asoratlar xavfi kamayadi. “Virus ko‘payishini blokirovka qilish darhol sezilarli samara beradi. Shifokorlarda avvallari bu kabi dori bo‘lmagan”, -  deydi Beliy.

Samaradorlik siri

Bunday qisqa vaqt ichida klinik sinovlar bilan samaradoriligi tasdiqlangan innovatsion preparatni ishlab chiqilishi va ishlab chiqarilishi boshlangani mutaxassislarning fikricha - mutlaqo noyob holatdir.

“Biz yangi kasallikka qarshi dori vositasini bir yarim oy ichida ishlab chiqdik. Ilgari bunga ishonib bo‘lmas edi, - deb sharhlaydi klinik tadqiqotlar rahbari, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Dmitriy Pushkar. - Ammo bu nafaqat dori vositasini tezda sintez qilgan biologlar xizmati. Tizimli biologlar va klinikachilar, olimlar va ishlab chiqaruvchilar harakatlarining birlashuvi hukumatning qonunchilik tashabbuslari yordamida amalga oshdi”.

Povsednevnaya jizn v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Singapurlik olimlar Rossiyada koronavirus epidemiyasi yakunlanish sanasini aytishdi

Gap 3-aprelda qabul qilingan 441-sonli qaror haqida ketmoqda.

“Ushbu hujjatga muvofiq, klinik tadqiqotlar, farmatsevtika ekspertizasi va ekspert baholashlari keng miqyosda olib boriladi, ammo klinik tadqiqotlar uchun ruxsat avvalgi kabi bir necha oy davomida emas, balki bir necha kun ichida beriladi. Xuddi shunday tezlikda tadqiqotlar natijalari ham baholanadi, - deydi Petr Beliy. - Bu nafaqat Favipiravirga taalluqli. Bizning hamkasblarimiz tez fursatda interleykinlarni bloklaydigan monoklonal antitanachalarni chiqardilar, u koronavirus infeksiyasi bo‘lgan bemorlarda sitokin bo‘roni rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Hukumat farmatsevtika sanoatiga inson hayotini saqlab qolish uchun innovatsion dori-darmonlar bilan ta’minlashga misli ko‘rilmagan imkoniyat berdi”.

“Biz uchun qonunchilik muhim ahamiyatga ega, - deb davom etadi akademik Pushkar. - 441-chi qaror chiqqanidan keyin hamma ilhomlanib ketdi, va modda darhol ishlab chiqildi. Agar hukumatning tashabbusi bo‘lmaganda, hech kim Favipiravirni esga olmagan bo‘lardi. Odamlar, qonunchilik ularning faoliyatiga boshqa to‘sqinlik qilmasligini to‘liq anglasalar, bizda ilg‘or dori-darmonlar va texnologiyalar paydo bo‘lishi turgan gap”.

Dori qachon ishlay boshlaydi?

“Areplivir”ning klinik sinovlari to‘liq yakunlandi, natijalar qayta ishlanib, ular Sog‘liqni saqlash vazirligiga yetkazish uchun tayyorlanmoqda. Agar vazirlik ularni operativ ko‘rib chiqsa va vaqtincha ro‘yxat guvohnomasini doimiyga o‘tkazib bersa, dori iyul oyining boshlaridayok kasalxonalarda paydo bo‘ladi, kuzda hamma hayotni saqlaydigan dori vositasi bilan ta’minlanadi.

Lekarstvo. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada koronavirusga qarshi dorilarning klinik sinovlari boshlandi

“Kasallikning kuzda kutilayotgan ikkinchi to‘lqini qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bizda xavfsizlik soyaboni bor”, - deb ta’kidlaydi Petr Beliy.

Virusga qarshi vositalar, interleykinlar bloklovchilari va antibiotiklar - COVID-19 kompleks terapiyasining uchta tarkibiy qismidir. Birinchisi virusning qaytalanishini, ko‘payishini blokirovka qiladi, busiz esa virus tanadaatigi bir necha soat yashay oladi holos. Ikkinchisi nazoratsiz yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan haddan tashqari autoimmun reaksiyaning rivojlanishning oldini oladi. Uchunchisi qo‘shilib ketadigan bakterial patogenlar bilan kurashadi. Va endi bu dorilarning barchasi Rossiyada ishlab chiqarilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0