17:44 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
335 0 0

Basitxanova Oʻzbekiston prezidentining joriy yil 3 iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

TOSHKENT, 3 iyul - Sputnik. Elmira Basitxanova yana Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar berdi SSV matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston prezidentining joriy yil 3 iyuldagi tegishli qaroriga asosan Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga Basitxanova Elmira Irkinovna tayinlandi.

Basitxanova 1958 yilda tugʻilgan. 1981 yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti (hozirgi Toshkent tibbiyot akademiyasi)ni tamomlagan, tibbiyot fanlari doktori.

Tayinlovga qadar Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasida faoliyatini boshlagan va koʻp yillar bosh shifokor sifatida, shuningdek, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, soʻng Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. Ayni paytga qadar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Asosiy mavzular