12:17 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Yangiliklar
Havola olish
420 0 0

Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning turli regionlarida oʻz aks-sadosini berdi. Toshkentda zilzila kuchi 3 ballni tashkil etdi

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. 4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:52 da Tojikistonda zilzila sodir boʻldi. Yer qimirlashi Oʻzbekiston hududida ham sezildi.

"Zilzila koordinatalari: 38,92 gradus shimoliy kenglik; 70,99 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 301 km janubiy-sharqiy yoʻnalish boʻyicha", - deyiladi FVV xabarida.

Zilzila kuchi Oʻzbekiston hududida :

Toshkent: 301 km, 3 ball.

Namangan: 238 km, 3 ball.

Andijon: 237 km, 3 ball.

Fargʻona: 176 km, 4 ball.

Guliston : 257 km, 3 ball.

Jizzax: 301 km, 3 ball.

Samarqand : 356 km, 3 ball.

Buxoro : 572 km, 2 ball.

Termiz : 376 km, 3 ball.

Qarshi : 450 km, 2 ball.

Navoiy : 498 km, 2 ball.

Oʻzbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi, deb xabar qiladi FVV.

Asosiy mavzular