05:49 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
105701

Vazir rahbarligidagi yigʻilishda oxirgi paytda OAVlarda mamlakatning yirik OTMlari xodimlari tomonidan sodir etilgan korruptsiyaviy holatlar tanqidiy muhokama qilingan.

TOSHKENT, 4 iyul - Sputnik. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov OTMlarda qabul jarayonlarining borishi masalalariga bagʻishlab videokonferents-yigʻilish oʻtkazdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot-xizmati

Xabarda aytilishicha, yigʻilishda oxirgi paytda OAVlarda mamlakatning yirik OTMlari xodimlari tomonidan sodir etilgan korruptsiyaviy holatlar tanqidiy muhokama qilingan. Bu masalada rektorlar, taʼlim muassasasidagi maʼnaviy-axloqiy muhit uchun masʼul boʻlgan prorektorlar faoliyatiga salbiy baho berildi.

Xodimni ishga qabul qilishda uning avvalgi faoliyati, shaxsiy individual-psixologik xususiyatlari yetarli darajada oʻrganilmaganligi shunday holatlarni keltirib chiqarayotgan asosiy omillardan biri ekanligi taʼkidlangan.

"Bunday xodimning ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanmasdan, yillar davomida assistent, katta oʻqituvchi lavozimida ishlashining oʻzi kishini oʻylantirish kerak: uning maqsadi nima, ilmiy-pedagogik faoliyatga layoqati bormi degan savollarga har bir rahbar javob izlashi zarur", - deb aytgan Majidov.

Shuningdek, aholining noroziligini keltirib chiqarayotgan masala – call-markazlar faoliyati tanqidiy koʻrib chiqilgan.

Bugun (4 iyul kuni) soat 9:00 dan 12:00 gacha boʻlgan vaqtda vazirlik xodimlari tomonidan OTMlarda tashkil etilgan Call-markazlariga oʻrganish uchun qoʻngʻiroq qilinganda AnDU, TDSHU, ToshDOʻTAU, OʻzXIA, OʻzXA, MRDI, TKTI Yangiyer filiali, TATU Samarqand filiali, SamVMI Toshkent filiali, BuxTIda qoʻngʻiroqlarga javob berilmagan boʻlsa, Qoraqalpoq tibbiyot instituti xodimlari "Qorovulxonaga tushdingiz" deb javob bergan.

Call-markazga tajribali va masʼuliyatli xodimlar biriktirish belgilangan. Ammo berilgan savollarga baʼzi oliy taʼlim muassasalaridan toʻliq javob olinmagan va ayrim OTMlarda berilgan oddiy savollarga ham javob berish oʻrniga sansalorlikka yoʻl qoʻyilib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yoki Davlat test markaziga qoʻngʻiroq qilishni maslahat berish bilan cheklangan.

Bunday holatlar TDPU, OʻzMU, TMI, SamDTI, TAQI, NukDPI, ToshDSI, SamDU, SamDCHTI, SamISI, OʻzJOKU, ToshDTU Olmaliq filiali, NavDKI Nukus filialarida kuzatigan.

Tegishli OTMlari rahbarlari oxirgi marta ogohlantirilib, jamoatchilik eʼtirozlarini keltirib chiqaryotgan omillar sabablarini aniqlash va yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilangan. Sall-markazlar faoliyatini bunday "sirli qoʻngʻiroq" usulida oʻrganish va baho berish ishlari uzluksiz amalga oshirilishi taʼkidlab oʻtildi.

Asosiy mavzular