23:24 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Yangiliklar
Havola olish
454 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Oʻktam Barnoyev nomzodi Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga raisligiga tavsiya qilindi

TOSHKENT, 6 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasida videoselektor koʻrinishida oʻtkazilgan yigʻilishda Oʻktam Barnoyev federatsiya raisi etib saylandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar bermoqda.

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Oʻktam Barnoyev nomzodi Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasiga raisligiga tavsiya qilindi va konferentsiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maʼqullandi. Shuningdek, konferentsiyada federatsiya rahbariyati hamda 13 kishidan iborat Ijroiya qoʻmitasi aʼzolari tarkibi ham saylandi", - deyiladi xabarda.

Unga koʻra, rais oʻrinbosarlari sifatida Feruz Abdullayev, Bahrom Norqobilov, Avaz Ismoilov va Kamol Xudoyberdiyev nomzodlari maʼqullangan.

Shu bilan birga Kamol Xudoyberdiyev federatsiya bosh kotibi lavozimiga ham tasdiqlangan. Bungacha federatsiyada rais oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan Bahrom Gaziyev hamda Akmal Toshevlar ham oʻz lavozimida qolishdi.

Videoselektor davomida yilqichilik va ot sporti federatsiyasining keyingi faoliyati boʻyicha takliflar bildirilgan. Unga koʻra hududlarda ushbu sport turini yana-da rivojlantirish boʻyicha markazlar tashkil etish, sport inventarlari holatini oʻrganish va yangilash borasida kelishib olingan.

Asosiy mavzular