08:05 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1088)
41210

Xabarga koʻra, holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvi davomida aniqlangan.

TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Namanganda sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazidagi talon-tarojliklar fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot-xizmati.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvi davomida aniqlangan.

Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari "F.B.", "A.T." va "H.S." MCHJlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 275,9 mln soʻm boʻlgan "gipoxlorid kaltsiy" dezinfektsiyalovchi vositalarni 524,8 mln soʻmga, yaʼni oʻrtacha bozor narxidan 248,9 mln soʻmga qimmat narxlarda sotib olib, juda koʻp miqdordagi byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1088)

Asosiy mavzular