17:17 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)
166 0 0

Test tahlillari natijasiga koʻra, bir necha maʼmuriyat ishchilari va savdo xodimlarida koronavirus infektsiyasi borligi aniqlangan.

TOSHKENT, 7 iyul - Sputnik. Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo markazi vaqtincha yopildi, deb xabar bermoqda Chilonzor hokimligi matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, koronavirus infektsiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida oʻtkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar davomida Chilonzor tumanida joylashgan "Tashkent Trade Center" (Abu Sahiy) savdo markazi maʼmuriyati ishchilari va bu yerda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infektsiyasiga namuna olindi.

Test tahlillari natijasiga koʻra, bir necha maʼmuriyat ishchilari va savdo xodimlarida koronavirus infektsiyasi borligi aniqlangan.

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga koʻra, "Tashkent Trade Center" (Abu Sahiy) savdo markazi profilaktika tadbirlarini oʻtkazish uchun vaqtincha yopildi.

Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasiga chalinganlar soni 10 459 nafarni tashkil etmoqda. Bugun 38 oʻlim holati qayd etildi.

6628 kishi tuzalishga muvaffaq boʻldi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)

Asosiy mavzular