Sardobadagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholi 1-sentabrga qadar o‘z uyiga ko‘chib o‘tadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPosledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe
Posledstviya proriva na Sardobinskom vodoxranilishe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida to‘g‘on o‘pirilib, natijada yaqin atrofdagi hududlarni suv bosgan edi.

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Sardobadagi suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholi 1-sentabriga qadar o‘z uyiga to‘liq ko‘chib o‘tadi, deb xabar bermoqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi.

Na meste proriva Sardobinskogo vodoxranilisha v Sirdarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Zoologlar kemiruvchilarning “Sardoba” to‘g‘oni o‘pirilishiga ta’sirini o‘rgandi

Qayd etilishicha, tasdiqlangan tarmoq jadvallariga asosan talofat ko‘rgan hududlarda, ichimlik va oqava suv obyetlarini qayta tiklash ishlari joriy yilning 1-avgustiga qadar, ko‘p kvartirali uylarga yetkazilgan zararni bartaraf etish bo‘yicha ishlar 1-sentabrga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra Sardoba tumanidagi "Yurtdosh", "Qo‘rg‘ontepa" va "Do‘stlik", Oqoltin tumanidagi "Saxovat", "Navoiy" va Mirzaobod tumanidagi "Navbahor" mahallalarida joylashgan 148 ta (1 738 ta xonadon) ko‘p kvartirali uylardan 107 ta ko‘p kvartirali uylar (1 176 ta xonadon) talofat ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz: 1-may kuni Sirdaryo viloyati Sardoba suv omborida to‘g‘on o‘pirilib, natijada yaqin atrofdagi hududlarni suv bosdi.

Ayni paytda evakuatsiya qilingan aholi uchun suyultirilgan gaz (qariyb 224 tonna) va maishiy gaz (1000 ballon) zaxirasi yaratilib, Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 124 kilometr tashqi va ichki gaz quvurlari o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0