01:21 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Yangiliklar
Havola olish
74121

Respublika prezidenti qozogʻistonliklarni pandemiya munosabati bilan yuz berayotgan sinovlarga qarshi birdamlikni namoyish etishga chaqirdi

TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 13 iyulni koronavirus oqibatida vafot etgan insonlar xotirasiga Milliy motam kuni deb eʼlon qildi.

"Afsuski, kasallik tufayli qurbon boʻlish holatlari mamlakatda davom etmoqda. Rasmiy svodkalar ortida yuzlab oilalar fojiasi yotibdi. Kimdir otasidan, onasidan, akasidan, opasidan, qizidan yoki oʻgʻlidan judo boʻlgan. Vafot etganlar oilalariga taʼziya bildiraman. Bu barchamizning boshimizga tushgan umumiy falokat. Shu bois, 13 iyulni pandemiya qurbonlariga aylangan qozogʻistonliklar xotirasiga Milliy motam kuni sifatida eʼlon qilishga qaror qildim", - deb aytgan Tokayev.

Prezident har bir qozogʻistonlik, qayerda boʻlishidan qatʼiy nazar vafot etganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishiga ishonch bildirdi.

"Barcha vatandoshlarni qatʼiyat va hotirjamlikni namoyish etishga chaqiraman. Xalqimiz boshiga tushgan ogʻir qismat oldida masʼuliyatni unutmaylik. Biz koronavirusga qarshi kurashni davom ettirmoqdamiz. Gʻalaba biz tomonda boʻlishiga shubha yoʻq. Biz umidsizlikka tushmasligimiz, agressiya, apatiyaga berilmasligimiz lozim. Bugun birdam boʻlishimiz har qachongidanda muhim. Biz hech kimni kulfatda qoldirmaymiz va har bir qozogʻistonlik hayoti va sogʻligʻi uchun kurash olib boramiz", - deya xotima qilgan prezident.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, koronavirusdan Qozogʻistonda 264 kishi vafot etgan. Pandemiya boshlanganidan buyon kasallanganlar soni 51 059 nafarni tashkil qiladi, COVID-19dan sogʻayganlar - 16 928 kishiga yetgan.

Eslatib oʻtamiz, motam kunlari Qozogʻistonda davlat va oʻz-oʻzini boshqarish organlari binolarida, chet el diplomatik muassasalarida davlat bayroqlari tushiriladi. Koʻngilochar tadbirlar va teledasturlar bekor qilinadi.

Asosiy mavzular