11:00 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Yangiliklar
Havola olish
35511

Fuqarolar ilgari olgan maxsus ruxsatnoma - stikerlar karantin cheklovlari amal qilish davrida qoʻllaniladi.

TOSHKENT, 9 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 11 mingdan oshgani tufayli respublika miqyosida avtotransport vositalarining harakatini cheklash boʻyicha yangi tartib joriy etilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan eʼtiboran:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga avtotransport vositalarining kirishi va chiqishi (viloyatlararo qatnov) toʻxtatiladi (Toshkent shahridan Toshkent viloyatiga hamda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib-chiqish bundan mustasno);

jamoat transporti harakati toʻxtatiladi;

avtotransport vositalarida maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishga faqatgina kunning muayyan vaqtida (07.00 dan – 10.00 gacha, 17.00 dan – 20.00 gacha) tegishli hudud doirasida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Bunda avtotransport vositalarining harakatlanishi davomida santariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish talab etiladi;

viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari atrofidagi yoʻl patrul xizmati maskanlari, blokpostlar va toʻsiq postlar faoliyati ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Mudofaa vazirligi kuchlarini hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi vakillarini jalb qilgan holda kuchaytiriladi.

Karantin davrida fuqarolarning mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanishiga faqatgina tibbiy niqobdan foydalangan holda hayotiy zarur ehtiyojlari – dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish, shifokor koʻrigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.

Avtotransport vositalari harakatlanishi uchun Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin cheklovlari amal qilish davrida qoʻllaniladi.

Shu bilan birga ruxsatnomasi mavjud boʻlmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining huquqbuzarlik davom ettirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida karantin talablarni buzgan shaxslarga maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi hamda avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilishi nazarda tutildi.

 

Taksi qatnoviga ruxsat berildi

Yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan yoʻnalishsiz taksilar faoliyatiga maxsus talablar asosida faqatgina avtotransport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan hudud doirasida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida) harakatlanishga ruxsat beriladi.

Bunda faqatgina ikki nafar yoʻlovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa oʻrindigʻiga oʻtkazilishi kerak;

Fuqarolarga kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam koʻrsatish (homiladorlik, tugʻruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini koʻrsatish, jarrohlik amaliyoti zarur boʻlganda, inson hayotiga xavf tugʻdirayotgan boshqa holatlar) bilan bogʻliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalarida harakatlanishga ruxsat beriladi.

Yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlari avtotransport vositalarining stikersiz harakatlanishiga ruxsat beriladi.

Asosiy mavzular