18:23 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Yangiliklar
Havola olish
110211

Ayol 22 yoshgacha oʻnta platik jarrohlikni boshdan kechirdi. Shundan soʻng uni turmush oʻrtogʻi tashlab ketdi, ayolning avvalgi ish joyidan ham ishdan boʻshashiga toʻgʻri keldi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Vengriyalik model Barbara Luna Sipos Barbi qoʻgʻirchogʻiga oʻxshash uchun plastik operatsiyalarga 135 ming dollar sarfladi. Endilikda barcha modellik agentliklari ayol bilan ishlashdan voz kechmoqda, deb xabar qildi Yahoo News.

Barbaraning tan olishicha, qoʻgʻirchoq obrazi unga yoshlikdan yoqqan, shu bois u bir nechta qimmat operatsiyalarni amalga oshirishga qaror qilgan.

Birinchi operatsiya - koʻkrakni kattalashtirish boʻyicha jarrohlik amaliyotini u 17 yoshda oʻtkazgan.

2016 yilda qiz boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻini uchratgan, yigit ham plastik operatsiyalarga oʻch edi. Erkak oʻz sevgilisining bir nechta plastik operatsiyalarini moliyalashtiradi.

22 yoshga toʻlganida Barbara oʻnta operatsiyani oʻtkazadi. U bir necha marotaba lablarini kattalashtiradi, koʻkragi oʻlchami ham toʻrt razmerga kattaradi.

Soʻngra braziliyacha usulda boʻksalarning taranglashtirilishi, ikkita rinoplastika va iyakni kichraytirish boʻyicha bir nechta operatsiyalarni boshdan oʻtkazdi.

Bularning barchasi uchun turmush oʻrtogʻi 134,8 ming dollar sarfladi.

Ushbu oʻzgarishlardan sal oʻtib, model "aurasi va tarovati erkaklarni aqldan ozdirayotgani bois" ishdan boʻshashga majbur boʻladi, 2019 yilda esa eri bilan ajrashadi.

Endilikda ayol uchun barcha moda agentliklari eshiklari berkilgan, uning xizmatidan voz kechishmoqda.

Imkoniyatlar yoʻqligiga qaramay, Barbara, oʻnta operatsiyani boshdan kechirganidan afsuslanmasligini aytmoqda, u kelajakda yangi imkoniyatlar paydo boʻlishiga shubha qilmaydi.

Asosiy mavzular